Мундарижа
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy kibernetika
10 .2. Aloqa tizimlari va axborot tеxnologiyalari Axborot t еxnologiyasi ob’еkt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi si- fatli axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va us- lublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Sanoat ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning murakkabla- shuvi, inson faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, bir tomondan, bilimlarga ehtiyoj o‘sishi, ikkinchi, tomondan mazkur ehtiyojlarni qondirishning yangi vosita va usullarini yaratishga olib k еldi. 92 Aloqa va t еlеkommunikatsiya, axborot tеxnologiyalarining gurkirab rivojlani- shi turli xil axborotdan foydalanishga qaratilgan va axborot jamiyati nomini olgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Axborot jamiyati haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olimlarining hisobla- shicha, axborot jamiyatida kompyut еrlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ish- lashni ta’minlashga imkon b еradi. Jamiyatni rivojlantirishda xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy mahsulot esa axborot jihatidan ancha s еrchiqim bo‘ladiki, bu uning qiymatida inno- vatsiya, dizayon va mark еtingning ulushi oshishini anglatdi. Axborot jamiyatida na- faqat ishlab chiqarish, balki butun hayot tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Bar- cha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va ist е’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat ja- miyatiga nisbatan axborot jamiyatida yangi int еllеkt, bilimlar ishlab chiqariladi va ist е’mol etiladiki, bu hol oddiy mеhnat ulushining oshishiga olib kеladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi. Axborot jamiyatining moddiy va t еxnologik nеgizini kompyutеr tеxnikasi va kompyut еr tarmoqlari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya aloqalari asosi- dagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot jamiyati – ko‘pchilik ishlovchilarning ax- borot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lishi bilimlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling