Mavzu-4: Bino va inshootlarning holati haqida


Download 35.76 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi35.76 Kb.
#1544207
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu 8 semestr







Mavzu-4: Bino va inshootlarning holati haqida texnik xulosa Tekshirish bo‘yicha qilingan ishlarning to‘la sikli tugagandan so‘ng ko‘rilayotgan obʼekt bino va inshootlarning texnik holati haqida xulosa
tuziladi. Xulosa quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:

  1. Vazifa-mazkur ishning bajarilishiga bo‘lgan asos;

  2. Foydalanilgan boshlang‘ich manbalar texnik xujjatlar;

  3. Obʼektga xizmat ko‘rsatish va tekshirish kim tomonidan va qachon bajarilgan?

  4. Obʼektning meʼmoriy-rejaviy yechimi, texnikaviy vazifasi va ekspluatatsiya qilish sharoitni qisqacha tavsifi;

  5. Zamin, poydevor va yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning fizik- mexanik tavsiflari haqidagi maʼlumotlar kirgan asliy tekshiruvning natijalari. Binoning mustahkamligi va bikrligini kamaytiruvchi nuqsonlar;

  6. Tekshiruv hisoblashlarining natijalari;

  7. Zamin, poydevor va yer usti konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyati haqida xulosalar;

  8. Kuchaytirish bo‘yicha (ehtiyoj bo‘lganda) birinchi navbatdagi tadbirlar;

  9. Texnika xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar.

Sanab o‘tilgan punktlardan eng asosiysi 7- punktdir. Konstruksiyaning xususiy og‘irligidan tushadigan doimiy yuklar,
elementning zichligi va haqiqiy o‘lchamlarini aniqlash asosida o‘rnatilishi lozim. Po‘lat va beton uchun kerakli bo‘lgan mustahkamligi haqidagi zichlik maʼlumotnomalar yordamida aniqlanadi. Namunalarning zichligi orqali xususiy og‘irlikni topib, yukni ko‘tarish qobiliyati va
hajmini hisoblab zichlik aniqlanadi. Bu esa, dastlabki maʼlumot bo‘lib, haqiqiy yuk shu orqali topiladi. Vaqtinchalik, uzoq muddatli yuklarni meʼyorlar va pasport maʼlumotlarida yoki ishchi chizmalarda, ular bo‘lmaganda esa o‘lchamli chizmalardan foydalanib topiladi. Ekspluatatsiya qilinayotgan obʼektlardagi vaqtinchalik va qisqa muddatli tasir etuvchi yuklarni aniqlash uchun meʼyoriy yoki pasportdagi maʼlumotlardan foydalanish lozim, ammo bunda haqiqiy tavsiflar va kattaliklarni hisobga olishga yo‘l qo‘yiladi. Qurilish konstruksiyalarning tekshiruv hisobi 2 bosqichli bo‘lish mumkin:

    1. Ayrim elementlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini II-guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash.

2. Konstruksiyalarda tashqi yuklar taʼsirida hosil bo‘ladigan kuchlanishni va rekonstruksiyalash uchun bo‘lgan loyiha vazifasiga tegishli bo‘lgan taʼsirlarni aniqlash.
Tekshiruv natijalarini qayta ishlash jarayonida konstruksiya materiallarining loyihada berilgan va sinov vaqtida olingan mustahkamlik tavsilotlari o‘zaro solishtiriladi.
Bino va inshootlarning texnik holati haqidagi xulosa obʼektning qurilish qismini rekonstruksiyalashning maqsadga muvofiqligi haqidagi dastlabki qaror uchui asos bo‘lib xizmat qiladi.
Texnik xulosa quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: binoni tekshirish bo‘yicha dastlabki materiallar; binoning umumiy holatini tasviri; qavatlar bo‘yicha binoning tarxi; barcha tekshirilgan konstruksiyalarning detallari va o‘lchamlari bilan chizmalari, surʼatlari; yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni tekshiruv hisoblari; bajarilgan ishlar bo‘yicha va konstruktiv elementlarning haqiqiy yuk kutarish qobiliyati va ularni mustahkamligini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar.
Texnik xulosa bino pasporti bilan birga binoni kapital tamirlash, ustqurma va rekonstruksiyalashga loyihalash uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi.
Binoni tekshirish bo‘yicha texnik xulosaning jadval shakli quyidagicha:

Qurilish konstruksiyalarini texnik holati bo‘yicha TEXNIK XULOSA
Obʼekt Tashkilot
(korxona)
Ixtisoslashtirilgan tashkilot

Litsenziya № Berilgan Amal qilish muddati Olib borildi: (kuzatuv-tekshiruv ishlar turi, kompleks kuzatuv-tekshiruv)


Kuzatuv-tekshiruv sababi Qurilish konstruksiyasi
(obʼekt)

(ishchi, chegaralangan ishchi, avariya)


holatida Kuzatuv-tekshiruv va hisob-kitob ishlari natijasiga asoslangan Keyingi ekspluatatsiya sharoiti Navbatdagi kuzatuv-tekshiruv ishining muddati Konstruksiya haqida qisqacha maʼlumot (obʼekt pasportiga kiritilgan)

Obʼektning holati bo‘yicha maʼlumot


(avariya holatida)




Bajaruvchi:

Download 35.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling