Mavzu-4: Bino va inshootlarning holati haqida
Bino va inshootlarning holatlari bo‘yicha texnik kategoriyalari
Download 35.76 Kb.
|
4-mavzu 8 semestr
Bino va inshootlarning holatlari bo‘yicha texnik kategoriyalari
Hisoblar tekshirish natijasida olingan maʼlumotlarga asosan va mos ravishdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardir: binoni va uning konstruktiv elementlarini geometrik parametrlari: oraliqlar, balandliklar, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning hisobiy kesim yuzalari; yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning haqiqiy tayanish va birikishi, ularning haqiqiy hisobiy sxemasi; konstruksiyani tashkil etgan qurilish materiallarining hisobiy qarshiligi; konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga taʼsir qiluvchi defekt va shikastlanishlar; haqiqiy yuklar, taʼsirlar, bino yoki inshootning ishlash sharoiti. Haqiqiy hisobiy sxema tekshiruv natijasida oydinlashtirilib, u quyidagilarni o‘zida aks ettirishi lozim: boshqa yondosh konstruksiyalar bilan tayanish yoki birikish shartlari, tayanch birikmalarining deformatsiyalanishi; kesimlarning geometrik o‘lchamlari, oraliqlarning va ekssentrisitetlarning kattaligi; haqiqiy (yoki talab qilingan) yuklarning turi va tavsifi, konstruktiv element bo‘yicha ularning qo‘yilishi nuqtalari yoki tarqalishi; konstruksiyaning defekt va shikastlanishlari. Temirbeton konstruksiyalarning ishlashining haqiqiy hisobiy sxemalarini aniqlash uchun, ularning geometrik o‘lchamlari bilan bir qatorda ulardagi haqiqiy armaturalash sxemasi va armaturalarning o‘zaro bog‘lanish usullarini inobatga olish kerak. Bajarilgan hisoblarga asosan quyidagilar amalga oshiriladi: -konstruksiyalarda ekspluatatsiya jarayonida taʼsir qiluvchi yuk va taʼsirlar, shu jumladan zilzilaviy taʼsirlar aniqlashtiriladi; mazkur konstruksiyalarning yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash natijasida ularning yuk ko‘tarish qobiliyatiga nisbatan qanday yuklanganligi oydinlashadi. Yuk ko‘taruvchi qurilish konstruksiyalarini tekshirish va ularni hisoblash va tahlili natijalariga asosan ushbu konstruksiyalarning texnik holati bo‘yicha kategoriyasi aniqlanib, ularning keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 1-jadval
Download 35.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling