Мундарижа
II BOB. O'ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTDA QIMMATLI
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotida qimmatli qogozlar bozori rolini oshirish
II BOB. O'ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTDA QIMMATLI
QOG'OZLAR BOZORINING ROLI VA FUNKTSIYASI TAHLILI. 2.1. Ta'sir etuvchi omillar sharoitida qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi tahlili. Xozirgi kunda O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilgan bo'lib, bunda mamlakatda amalga oshirilayotgan qator iqtisodiy isloxotlar ta'siri kattadir. Biroq O'zbekistonning asosiy muammolari xali o'z echimi to'la ravishda topgani yo'q. Bu muammolar sifatida modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish va industrial o'sishni keltirish mumkin. Bu muammolarni xal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining imkoniyatidan to'liq ravishda foydalanilmayotganligi respublika Prezidentining Respublikaning 2014 yildagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha qilgan ma'ruzasida ham ta'kidlanganligi bejiz emas 2 . Chunki jaxon amaliyoti ko'rsatmoqdaki, yuqoridagi muammolarni xal qilishning asosiy mexanizmlaridan biri investitsiyalash maqsadida resurslarning jalb qilinishi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning o'sishini rag'batlantirishni ta'minlovchi qimmatli qog'ozlar bozori xisoblanadi.
Mazkur muammolarning muximligi va unda qimmatli qog'ozlar bozorining ahamiyatidan kelib chiqib milliy qimmatli qog'ozlar bozorining xolati va uning iqtisodiyotdagi o'rni va funktsiyasi taxlilini keltiramiz va uning natijalari qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanish muammolarini tasavvur qilish, unig rivojlanishiga ifodalovchi omillarni aniqlash imkoniyatini beradi.
O'tkazilgan taxlil
rivojlanayotgan mamlakatlar bilan solishtirgan xolda amalga oshiriladi.
Barcha mamlakatlarning qimmatli qog'ozlar bozori o'zaro pul resurslarini investitsiyalash maqsadida qayta taqsimlash bo'yicha va savdo faollligi uchun raqobatda bo'ladilar. Mamlakatlar qimmatli qog'ozlar bozori taxlilida asosiy nuqtai nazar ularni solishtirish, ularning investitsion resurslarni jalb qilishi darajasini taqqoslama taxlilga qaratiladi. Quyida milliy qimmatli qog'ozlar bozorining roli va 27
bo'limda keltirib o'tilgan iqtisodiyotdagi funktsiyalarini qay darajada bajarayotganligini taxlilini keltiramiz. Bunda amalga oshirilgan taxlilning maqsadi milliy qimmatli qog'ozlar bozorining indikatorlar yordamida o'ziga yuklatilgan funktsiyalarni bajarish ko'rasatkichlarini aniqlash va solishtirish amalga oshirladi, biroq bunda solishtirish bu ko'rsatkich bo'yicha juda yuqori natijaga ega bo'lgan rivojlangan mamlakatlar bilan emas, balki bozori shakllanayotgan, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan Markaziy va Sharqiy Evropa hamda MDX mamlakatlari ko'rsatkichlari bilan
amalga oshiriladi. Ba'zi jixatlari bilan mazkur
mamlakatlarning bozor ko'rsatkichlarini O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori bilan solishtirish mumkin. 1-jadval
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling