Мундарижа
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotida qimmatli qogozlar bozori rolini oshirish
III Bob bo'yicha xulosa. Investitsion institutlari faoliyatiningi qoniqarli darajada emasligi. Ularning aloxida professional tayyorgarliksiz ish olib borishi. Investitsion institutlarning ko'pchiligi professional kadrlar muammosi va pul resurslarining etishmovchiligi muammosini boshdan kechirmoqdalar. Ularning litsenzion faoliyati turlari asossiz ravishda ajratilgan, ularning kapitaliga nisbatan o'rnatilgan iqtisodiy normativlar esa asoslanmagan, ular aktivlarini biznes xajmining soliq yuki va sifatsiz menejment tufayli oshirishga imkon bermayapti. O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori savdo tashkillashtiruvchilari faoliyatining rag'batlantiruvchi xarakterga ega emasligi. Ularning barchasi qonunchilikka muvofiq foyda olish uchun faoliyat yuritadilar va bu xolat ularning xizmat uchun oladigan komission xaqlarining xaddan ziyod ortiqligiga va mijozlarning ko'p vaqtni sarflashlariga olib keladi. Bitimlar xajmining asosiy qismi Toshkent shaxriga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qabul qilingan listing talablarga javob beruvchi kompaniyalar “Toshkent” RFBda mavjud emas. Birja listingiga kirganlari esa nafaqat xorijiy, balki milliy bozor listingi talablari darajasida emas. O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorini turli organlar tomonidan muvofiqlashtirilishi. Bu muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishda o'zining institutsional xususiyatlaridan kelib chiqadilar va bu xolat ular faoliyatining ayrim jixatlarida qarama – qarshilik qimmatli qog'ozlar bozori strategik rivojlanishi nuqtai nazaridan samaradorligining past bo'lishiga olib keladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling