II Bob bo'yicha xulosa
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida ko'rib o'tilganidek, O'zbekistonning
korporativ
qimmatli
qog'ozlar
bozori
so'nggi
yillarda
baqoror
o'sish
tendentsiyasiga ega bo'lib kelmoqda. Fond bozori faoliyati zaruriy infratuzilma,
professional
qatnashchilar,
muvofiqlashtiruvchi
tashkilotlar
tomonidan
ta'minlanmoqda. Me'yoriy – xuquqiy bazalar tashkil etilgan, O'zbekiston qimmatli
qog'ozlar bozorining miqdor va sifat ko'rsatkichlarining o'sish sur'atlari
kuzatilmoqda.
Biroq O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotda solmoqli o'rinni
egallamayapti va o'ziga yuklatilgan funktsiyalarni samarali bajarayotgani yo'q.
Jaxon tajribasini taxlil etganimizda qimmatli qog'ozlarning iqtisodiyotda
naqadar ahamiyatli o'rin tutishini va iqtisodiyot uchun uning bajaradigan vazifalari
naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rib o'tdik. O'zbekiston fond bozorining xozirgi
xolatiga nazar tashlar ekanmiz, unda bozor xajmining kamligi, kapitalizatsiya
darajasining pastligi va bozor o'zining funktsiyasini qoniqarli darajada bajara
olmayotganligining guvoxi bo'lmoqdamiz. Yuqoridagilarni jamlab, qimmatli
qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi roli va funktsiyalarin oshirishda quyidagi
muammolarni keltirish mumkin:
Birinchidan, Qimmatli qog'ozlar bozorining xajmi mamlakat yalipi ichki
maxsulotiga nisbatan past ekanligi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |