Mundarija


Risoladagidek CRM xususiyatlari


Download 37.8 Kb.
bet11/11
Sana19.11.2021
Hajmi37.8 Kb.
#175754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ishi BTTL

Risoladagidek CRM xususiyatlari

Misol keltiramiz. XYZ do’koni Toshkentning gavjum ko’chalaridan birida joylashgan. U o’zida ishlab chiqariladigan qandolat mahsulotlarini sotadi. Do’kon egasi o’z mijozlari haqida ko’proq o’rganishni istaydi. Uning fikricha, mijozlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish orqali mahsulotlarini yanada ko’proq sotish va kattaroq daromadga ega bo’lish mumkin.



XYZ uchun maxsus CRM tizimi ishlab chiqilgan. U internetda ishlaydi va XYZning rasmiy saytiga juda yaxshi integratsiya qilingan. Bu tizimda hamma imkoniyatlar bor va unda XYZning imkon qadar barcha mijozlari haqida ma’lumot yig’ib boriladi. Quyida har bir imkoniyatni birma-bir sharhlagan holda ko’rib chiqamiz.

Bog’lanish ma’lumotlari


Bu o’ta muhim qism. Mijozlarning telefon raqamlari, email manzillari, uy manzillari, ishxona manzillari bazada yig’ib boriladi. Ularni qanday qilib olish mumkin? XYZ saytida maxsus so’rovnoma ochib, istovchilardan ma’lumotlarni yig’adi. Evaziga do’konda chegirma tizimi joriy qiligan: anketa to’ldirganlar uchun maxsus narxlar! Facebook sahifasida ham like bosganlar, postlarga fikr bildirganlar, XYZ bilan qiziqqanlar haqida so’rovnomalar orqali imkon qadar ko’proq ma’lumot yig’iladi. Do’konga kelgan mijozlarga esa tezkor anketa to’ldirish taklif etiladi va ularga bu ma’lumotlar xizmat sifatini yaxshilash, kelajakda do’kon yangiliklaridan tezkor xabardor qilish uchun ekanligi tushuntiriladi. Qimmatli ma’lumotlar uchun esa albatta chegirmalar amalga oshiriladi.

Bu nega kerak? XYZ bazasida vaqt o’tgan sari 10 mingga yaqin email, telefon raqam va uy manzillari yig’iladi. Keyinchalik do’kon bu ma’lumotlar yordamida mijozlar bilan aloqa o’rnatadi. Har bir kishiga shaxsiy email yuboriladi. Aynan “Salom, Anvar!..”, ko’rinishidagi shaxsiy xabarlar. SMSlar ham huddi shu tarzda. Tug’ilgan kun yoki maxsus bayram munosabati bilan uyga / ishxonaga yuboriladigan tabrik maktubi yoki kichik sovg’a esa XYZ uchun eng qimmat reklamadan ham ko’proq natija keltirishi mumkin.

Xulosa

Tеxnik vositalar yordamida faqat axborot opеratsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bеvosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa boshqaruv opеratsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma‘lumotnomalar va hisobot shakllarini bеrishga yo’naltirilgan bo’ladi. Dеmak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborot-ma‘lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Shulardan kelib chiqqan holda kompaniyalar yaxshi va samarali ishlashi uchun bunday tizimlar juda ham zarur. Ushbu tizimlar kompnaiyaning bir tekisda o’sishiga har qanday tashqi ta’sirga, inson omiliga bog’liq bo’lmaydi. Shundagina kompaniyalar barqaror o’sib boradi. Hozirgi kunda bunday tizimlar yaratish biz dasturchilarning qo’limizda. Yaqin yillardan boshlab O’zbekistonga Germaniyaning SAP tizimi kirib kela boshladi. Ushbu tizim juda ham qulay va tajribadan o’tgan bo’lishidan qatiy nazar bizning yurtimiz uchun ham alohida bunday tizim yaratishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. https://ural-store.ru/

  2. https://edu-torzhok.ru/

  3. https://azamat.uz/

Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling