Munis G’azallarida timsollar to’plamstrreplA
Download 23.63 Kb.
|
Munis G’azallarida timsollar to’plami
Shoirning ijodiy merosi. Munis keng ko'lamli ijod sohibidir. U badiiy ijodda o'zbek adabiyotidagi go'zal she'riyat namunalarini yaratdi. Ilmiy she'riyat namunasi bo'lmish ma'rifiy ruhdagi "Savodi ta'lim" risolasini yozdi. Tarixchi sifatida "Firdavs ul-iqbol" (Sao-
dat bog'i) asarini bitib, Xorazm o'tmishiga oid qadimdan to 1812-yilgacha bo'lgan voqealarni yoritib berdi. Keyinchalik uni Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Tarjima bilan ham shug'ullangan adib Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini forsiydan o'zbek tiliga o'girib (asarning birinchi jildini), uning o'zbek xalqi ma'naviy mulkiga aylanishiga hissa qo'shdi. Xattotlik san'atida beqiyos kamolot kasb etgan Munis Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarini 1794-yilda ko'chirgan. Shuningdek, u 1797-yilda daho ijodkorning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" nomli asarini ham husnixat bilan kitobat qildi. Munis, shuningdek, meloratsiyaga oid iqtisodiy xarakterdagi Xorazm sug'orilishi tarmoqlari haqida "Ornalar" nomli asar yaratib qoldirdi. Bu ijod turlari ichida, albatta, she'riyat Munis uchun qadrli va suyukli edi. U 1804-yili 27 yoshda ekan o'zining ilk devonini tuzgan. Shoir 1814— 15-yillarda adabiy merosini hajman to'liq aks ettirgan to'plamini — "Munis ul-ushshoq" (Oshiqlar do'sti) nomli mukammal devonini yaratdi. Mukammal devonda jami 10000 baytga yaqin she'riy asar mavjud.
Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin. Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.
Shoir g'azalda do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi. Munis ma'shuqa go'zalligini jo'shqinlik bilan ta'riflaydi. Shunday she'rlaridan biri "oftob" radifli g'azaldir. Bo'lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob, Ne uchun zarposhlig'lar aylar izhor oftob. Senki shohi husnsen, har кип qilib qulluq sanga, Sajda aylarga qo'yar tufroqqa ruxsor oftob Oftob yorning jamoliga xaridor, vasliga mushtoq-u zor bo'lmaganda edi, uning boshidan zarlar sochib — nur taratib tuyg'ularini izhor etmas edi. Oftobning chiqishi tushunarli edi — u mahbubani ko'rish uchun nur sochardi. Ma'lum bo'ldiki, uning botishi ham yor tufayli ekan. Ya'ni u husn shohi bo'lmish mahbubaga qulluq qilib tuproqqa yuzni qo'yganda, botar ekan. Ishq tug'yonlari, oshiqning bu dard ila to'lg'onishlari bayon etilgan g'azallar Munis she'riyatida ko'plab uchraydi. Masalan, "Istading, ey dil, ko'zin joning kerakmasmu sanga?" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida shoir oshiqning qiynoqlarini, yordan yetgan jafolar izhori uchun dilga murojaat shaklini tanlaydi. Chunki ko'ngil bu tug'yonlaming makonidir:
Nima uchun lirik qahramon yor ko'zimng savdosi tushgan dilga qarata: "joning kerakmasmu sanga?"- deya xitob qilmoqda? Bilamizki, mumtoz adabiyotda ko'z jon olg'uvchi jallod sifatida ta'riflanadi. Kishi bu ko'zlar domiga ilindimi, unga omonlik yo'q. Ulardan dilga tushgan ishq savdosi oshiqni halokatga olib kelishi muqarrar. Yorning to'zg'igan, parishonligi bilan oshiqning ham xayolini parishon etuvchi zulfi esa uni esdan og'dirish darajasiga olib keladi. Shoir bu devonalik hatto Yaratganni ham unutishga olib kelishi mumkinligidan dilni ogohlantirmoqda. Munis she'riyatining boshqa janrlari uchun ham mana shunday inson tuyg'u va kechinmalarining turfa jihatlariga o'ziga xos yondashish xosdir.
Download 23.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling