Bilursan g'am yukin ko'p chekkanimni,
Yog'irnim ustida ko'rsang yog'irni.
So'zlarning murakkab o'yini she'rxonni bir oz chalkash- tirganday bo'ladi. Lekin bu chalkashlik miqyosning aniqligiga, ko'lamning muayyanligiga olib keladi. Chindan ham yag'rin ustidagi yag'irni ko'rgach, qanchalar og'ir g'am yuki ortilganini bilish mumkin bo'ladi. Keyingi baytda oshiq „yag'rinining yag'ir"ligi tasviri o'sib, goh ko'ngil, goh bag'irni ma'shuqa itiga berishga ham tayyorlik darajasiga yetadi:
Iting ko'rsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah ko'ngul, gohi bog'irni.
G'azal maqta'sida oshiq o'zi tushgan o'ta mushkul holatdan qutulishning an'anaviy chorasini topganligi aks etgan:
Najote istasang Munisga g'amdin,
Ayoqchi, tut anga har dam chog'irni.
Ko'p asrlar mobaynida she'rlarda tasvirlab kelinganidek, g'amdan qutulishning eng samarali yo'li dardni unutishdir. Bunda esa, chog'irga teng keladigan vosita yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |