Munis hayoti va ijodi (1778-1829) Reja
Download 44 Kb.
|
Munis hayoti va ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Dostlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz"
Davlating borida bordur ahli olam oshno,
Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno. Shoir odamlardagi tayinsizlik, beqarorlik illatining sababini ularning fe'lidan emas, balki dunyoning tartibotidan qidirishga urinadi. Ehtimol, davron odamlar orasiga begonalik solib, ularni bir-biridan yiroqlashtirishga urinayotgandir: Baski, davron xohishi begonaliq solmoqdurur, Bir-biriga bo'la olmas, ikki hamdam oshno. O'zgalar-ku mayli, bir-biri bilan hamdam bo'lib yurganlar ham oshnolik qilolmaydilar. Negaki, davronning irodasi shunday. Oldin oshno bo'lganlar ham tezgina begonalik qiladilar, shu bois „davr aro ahdi mahkam" oshno topib bo'lmaydi. Shoir g'azalning bir o'rnida parilardan umid qilganini yozadi: Gar vafo bo'lsa, parida bo'lg'ay erdi, ko'rmadim, Bo'ldilar har nechakim avlodi odam oshno. Bu baytdagi pari — malakut olamiga mansub ayyor emas, balki shoir ko'ngil qo'ygan ma'shuqa timsoli. Demak, mumtoz she'riyat an'anasiga ko'ra, shoir maishiy yo'sinda boshlangan g'azalni ilohiy muddao sari buradi. Bu holat g'azaldagi ushbu baytlarda yorqin namoyon bo'ladi: Dard chekmak, ashk to'kmak ishq eliga xosdur, Har ko'ngulga dard, har ko'zga emas nam oshno. Munis majoziy ishq ham, ilohiy ishq ham har qanday kishiga nasib etavermasligini shu tariqa g'oyat ta'sirli va jozibali tarzda tasvir etadi. Chindan ham, ko'ringan ko'ngilda dard, barcha ko'zda vosh, albatta bo'ladi deb aytish mumkin emas. Shoir shu haqqoniy xulosani hissiyot qo'zg'aydigan yo'sinda izhor eta bilgan. Munisning „Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz" misrasi bilan boshlanadigan g'azali ham do'stlik, vafo haqida. Shoir insonlar o'rtasidagi munosabatlarning samimiy, mustahkam va sadoqatga asoslangan bo'lishini istaydi. Shu sababli, do'st do'stni yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yoddan chiqarmasligi, e'tiborsiz qoldirmasligi kerakligini ta'kidlaydi: Do'stlar. mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz, Siz ichib sahbo', meni xunxori hasrat qilmangiz. Asl do'st biror dam ham do'stini unutmasligi, unutishi bilan uni hasratning qonli mayini ichishga majbur etmasligi kerakligi ta'sirli ifoda etiladi. Shoir do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi. So'ng tasvir o'zanini sezdirmaygina ma'rifatli kishilarning „bazmi kitob"i bilan nodonlar ulfatchiligini solishtirish tomon buradi: Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob, Jam'i nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz. Munisning chin do'st haqidagi qarashi — qat'iy. Asl do'st yaqiniga hech qachon xiyonat qilmaydi. Uning muhabbati do'stining ahvoliga qarab o'zgarmaydi. Demak, asl do'stning shaxsi turlanib, tuslanmaydi: Do'st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do'stidan, Munis ahvolin ko'rib, tarki muhabbat qilmangiz. Munisning soddavash, ta'sirchan, o'ynoqi she'rlari ham anchagina. Ularda hayot murakkabliklari, sinovlariga hamisha tayyor turgan yovqur shaxs sifatlari aks etadi. Shunday asarlardan biri Base g'am boridin chekmish og'irni, Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni. matla'si bilan boshlanadigan g'azaldir. G'azal boshdan-oyoq so'zlarning ko'pma'noliligiga qurilgan deyish mumkin. Shoirning mahorati shundaki, turli ma'nolarni ifodalaydigan so'zning tovlanishlarini qahramon kayfiyati ranginligi bilan muvofiqlashtira biladi. G'azalning matla'sidagi „yog'ir" so'zi „yag'ir", „yog'irn" esa „yag'rin" ma'nolarini ifodalaydi. Ya'ni g'amning og'ir yukini ko'targani uchun hazin ko'ngilning yag'rini yag'ir bo'ldi. Ko'ngilga yag'rin „ato qilish" uchun Munis kabi uchqur xayolot egasi bo'lish kerak. Keyingi baytda birinchi qo'shmisradagi fikr yanada aniqlashtiriladi: Falak g'am yuklarin solg'onda elga, Yog'irnimga mening qo'ymish og'irni. Garchi misralardagi so'zlar soddagina, ifoda ham turkona bo'lishiga qaramay, tasvir ko'p qavatli. She'rdagi shoir kayfiyati jilvalari ifodasini kuzatib bormagan kishi chalg'ib qolishi ayon. Chunki ikkinchi baytda tasvir shunchaki majoziy tamsil bo'lmay, aniqlik kasb etganday bo'ladi. Holbuki, „g'am yuki"ning muayyan moddiy salmoqqa ega bo'lishi mumkin emas. Lekin shoirning tasvir mahorati natijasida o'ta mavhum tushuncha konkretlashadi. Keyingi baytda ifoda yanada aniqlashadi. Endi shoir ma'shuqaga „g'am yuki" asoratlarini ko'rsatishga tutiqadi: Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling