Munis she’riyatida janrlar takomili va shoir mahorati. Munis Xorazmiy


"Base g'am boridin" g'azali tahlili


Download 20.78 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi20.78 Kb.
#1381401
1   2   3
Bog'liq
18-amaliy

"Base g'am boridin" g'azali tahlili
Mazkur g'azal Munisning hasbi holi — qismati, ahvolining ifodasi deb atash mumkin. Shoirning umr bayonida aytilganidek, bir yilda otasi, onasi va inisidan ayrilgan shoir ma'lum vaqt o'tgach, hayotdagi suyanchiqlari bo'lmish umr yo'ldoshi hamda o'g'lini ham tuproqqa topshiradi. Adoqsiz musibatlar girdobida, og'ir g'am yuki ostida qolgan Munis ko'nglidagi dardlarini g'azal shaklida qog'ozga to'kadi:

Base, g'am boridin chekmish og'irni,

Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni.

Shoirning mahorati shundaki, u shakldosh (omonim) so'zlar vositasida tajnis san'atini qo'llab, fikrning o'ziga xos ifodasini topa olgan. G'azalning matla'sidagi "yog'ir" so'zi "yag'ir", "yog'irn" esa "yag'rin" (elka) ma'nolarini anglatadi. Shoir ana shu holatdan ustalik bilan foydalanib, hayotda ko'plab g'amlarni ko'rdim, ana shu g'am yuklarini ko'tarib yurgan ko'nglim yelkalari bu og'irliklardan yag'ir bo'lib ketdi, deya shoirona tasvir yaratadi. Keyingi ikki misrada birinchi baytdagi fikr yanada aniqlashtiriladi:

Falak g'am yuklarin solg'onda elga,

Yog'irnimga mening qo'ymish og'irni.

Munis falak butun insoniyatga g'am yuklarini ulashganda ularning ko'pi menga tegdi, hammadan ko'p og'irliklari menga tushdi deb, hayotida ketma-ket yuz bergan fojealarga ishora qiladi.
Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling