Munitsipal menejmentning krizisga qarshi


Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish


Download 42.3 Kb.
bet2/3
Sana15.01.2023
Hajmi42.3 Kb.
#1094144
1   2   3
Bog'liq
MUNITSIPAL MENEJMENTNING KRIZISGA QARSHI

Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish


Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish asosida mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarini samaradorligini oshirish texnologiyalari juda keng qo’llanilmoqda.


Ijtimoiy texnologiyalar va o’z-o’zini boshqarish organlari akademiyasi mutahassislari «SEPIN» fondi ekspertlari bilan birgalikda o’nlab innovatsiya mashg’ulotlari o’tkazishdi.
Innovatsion texnologiyalar asta-sekin mahalliy o’z-o’zini boshqaruv tashkilotlarida eskitdan qolgan o’y fikrlardan qutilish yo’llarini aniqlaydi. Ular quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  1. Formal munosabatdagi xatoliklar mahalliy o’z-o’zini boshqaruvning mohiyati uning tashkiliy huquqiy formasi bilan almashtiriladi, ya’ni mahalliy halq mahalliy muammolarini echishda ishtirok etishdan mahrum bo’lishadi.

Mahalliy o’z-o’zini boshqarish me’yoriy-huquqiy, tashkiliy shartlari asosida bo’lishi mumkin.
Tezlashtirish natijasidagi xatoliklar - o’z-o’zini boshqa-rish organlarining tibiiy shakillanishining buzilishiga olib keladi.

    1. Ma’muriy bosim xatoliklari - «yuqori»dan mahalliy hamjamiyatga turli hil qoidalarga, rejimlarga bog’lab qo’yish.

Mahalliy boshqaruv tashkilotlarining kontseptual g’oyasi - fikrlar «past»dan bilan moliyaviy-huquqiy ta’minot «yuqori»dan strategiyasini - mahalliy o’z-o’zini boshqaruv kontseptsiyasi yangi bir g’oya bilan to’ldiradi. Munitsipal menejmentning sanoat - moliyaviy guruhlari yordamida, halq mablag’lari hamda munitsipal mulkni yig’iladi, nazorat qilinadi, odamlarning mahalliy muammolarini hal qilishdagi ishtiroki maxsuoshqa bir motivatsiyasi yaratiladi, nobyudjet foydalar orqali moliyaviy mablag’larni topish manbalari yaratiladi.
Bunday rivojlanish kontseptsiyasi «SEPIN» dasturida bayon etiladi. Bu dasturda mahalliy hamjamiyatning antikrizis boshqaruv texnologiyasining boshqacha modeli ham beriladi.
Mahalliy o’z-o’zini boshqaruvni mustahkamlash - hokimiyatni tashkillashtirish printsipi, demokratiyalashtirishning samara-dorligi, federal hokimiyatni «past»dan tuzish, davlatni fuqa-rolik jamiyatining madaniylashgan
institutga aylanishidir.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, mahalliy o’z-o’zini boshqa-ruvning tizimli modeli asosiga mahalliy o’z -o’zini boshqaruv organlarining halq tomonidan saylanishi va uning oldida mas’uliyatni xis qilish ta’minlash qo’yilishi kerak.
Asosiy shart qilib hokimiyat organlarini shu darajada ham hokimiyatlarga bo’lish printsipi taqdim etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari nazorat va boshqaruv faoliyatini qonun doirasida, o’zlarining mas’uliyatlari ostida halq muammolarini echishni qandaydir bir sistemali modelini namoyon etishlari zarur.
Umuman olganda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari davlatning doimiy faoliyatiga samarali yordam berishmoqda.
Korporativ printsiplarga, korporativ iqtisodiyotga asoslangan mahalliy boshqaruv organlarini rivojlantirishning yangicha yondashuvi quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:

  • Qonun doirasida federal darajada hokimiyatlarni markazlashtirish muammolari aniq qo’yiladi;

Qonun asosida mulkchilik muammolari, er, moliya - byudjet siyosati, davlat funktsiyalar va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari vazifalari hal etiladi;
Munitsipal hokimiyat, munitsipal ta’lim, munitsipal mulk va boshqa munitsipal resurslar tushunchalariga aniqlik kiri-tiladi, bundan esa umumiy munitsipal siyosat tushunchasi aniqlanadi;
10Davlat tomonidan alohida mahalliy organlarining vazifalari belgilanganda ular albatta kerakli bo’lgan moddiy moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlanadi;
Qonun chiqaruvchi organlar:

    • Barcha xo’jalik sub’ektlari faoliyatlari uchun huquqiy keknglikni yaratadilar, shu jumladan, o’z-o’zini boshqarish organlariga;

    • Qonun va boshqa me’yoriy huquqiy aktlar qabul qilingan holda munitsipal siyosat masalalarini kafolatlaydilar;

    • Umumiy munitsipal siyosat davlat dasturini qabul qiladilar, shu asosda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga qonun bazasi doirasida aniq maqsad va vazifalar taqdim etadilar, shu jumladan munitsipal darajasida;

    • Umumdavlat ijtimoiy standartlarni kafolatlaydilar, ya’ni minimum yordamni, ular davlat tomonidan olishlari shart. Bunday yondashish davlat ijtimoiy siyosatida ilmiylikni ta’min etadi. Oxirida esa munitsipal siyosat ishlab chiqiladi, tadbiq etiladi va u quyidagilarni bajarish imkoniyatiga ega:

  1. fuqarolar uchun qonun doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali tartibga solishni amalga oshirish;

  2. halq talabidan kelib chiqqan holda jahon tajribasi asosida munitsipal birlashmalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish.

Mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarida yashovchi halqlarga mustaqil ravishda quyidagi imkoniyatlar berilishi mumkin:

    • Real o’z-o’zini boshqarishga o’tish yo’llarini, bosqichlarini, shakllarini aniqlash;

    • Tarixi, milliy hamda mahalliy udumlarni hisobga olib mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarining strukturasini tashkil etish;

    • O’z fikr, initsiativalarini amalga oshirish uchun o’z yo’llarini izlab topish imkoniyatlari va boshqalar;

Faqatgina kvartal va mikrorayon, qishloqlarda o’z-o’zini boshqaruv orqali zamonaviy munitsipal boshqaruvni tashkil etish va resurs bazalaridan samarali foylananish imkoniyati paydo bo’ladi, u rivojlantirish mexanizmi va boshqa bir qator ijtimoiy masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Mahalliy hamjamiyatning analitik modellarini qo’llash: funktsional, boshqaruv - tashkiliy, moddiy-moliyaviy va huquqiy mexanizmlar orqali mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining funktsiyalarini va sturkturasini yaxshiroq ko’rib chiqish imkoniyatini beradi.
Ba’zi bir rayonlar soliq bazasi bo’yicha oshiqchalikka ega, boshqalarga esa minimum ijtimoiy standartlar ta’minlash uchun mablag’lar etishmaydi.
Davlat tomonidan standartlar solish hammaga, ya’ni yaxshi yashashni hohlovchilarga iqtisodiy muvoffaqiyat imkoniyatini yaratadi, ammo Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya kabilarda ham xamjamiyatlarning moliyaviy quvvati juda turli xil. Rossiya uchun bunday nomutanosiblik juda xarakterlidir. Muammodan chiqish uchun turli xil usullardan: iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash uchun sharoit yaratilishi, tadbirkorlikni qo’llab - quvvatlanishi, kichik biznes, aniq territoriya halqlarini maqsadlarini qo’llash kabilardan foydalaniladi.



Download 42.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling