Munojot asarini sharhlash


Download 48.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi48.84 Kb.
#1639469
1   2   3   4
Bog'liq
Munojot asarini sharhlash

bu holni, biroq”, deganda Furqat “Hajnoma”sida aytilgan “Mo arafnok”ni Me’roj 
voqeasiga nisbatan qo‘llaydi. Ya’ni, bugungi zamon ilm-fan tafakkuri ham bu 
voqeani sharh eta olmasligiga, inson ong-u tafakkuri nechog‘lik rivoj topmasin
olamshumul kashfiyotlar qilmasin, bu dunyodagi hech bir ong, hech bir tamaddun 
payg‘ambar alayhissalom chiqqan me’roj darajasiga yeta olmasligiga ishora etadi. 
“Hordiq” she’rida esa “Rasulululloh dedi: O‘ylamang, aslo, Fanodan men rohat 
kutayotirman. Bu dunyo daraxtning soyasi go‘yo, Men undan ot minib 
o‘tayotirman”, – Karvon sahroda to‘xtaganida, Rasulullohning taqir yerda va 
quyosh tig‘ida yonboshlashidan xijolat chekkan sahobalarga asli fano bu 
dunyoning fursati ham nechog‘lik yugurik va tezligi, bu fursatda rohat izlab 
g‘aflatda qolmaslik kerakligi, xuddi otliqdek tavba qilgan (yengil) holda uning 
yolg‘onchi soyasidan haqiqiy soyaga, rohatga, ya’ni baqoga intilish lozimligi 
aytiladiki, bunda Rasulullohning boy falsafiy tafakkurini ko‘ramiz. “Ro‘za” 


she’rida Rasulning qanoat va da’vatini, “Ota” she’rida nabiy alayhissalomning 
farzandlarga nasihatini, “Ona” she’rida Rasulullohning sunnatlarda adolatni 
unutmasligi, “Do‘zaxiylar” she’rida ittifoq etmoqqa chorlashi va do‘zaxiylikdan 
qaytarishi, “Duo” she’rida insonlarning eng duogo‘yi Rasululloh ekani, “Shafqat” 
she’rida Rasulullohning qabr azobi va Alloh qahridan qo‘rquvi ifoda etilgan. 
Rasullullohning bu sifatlari shunchaki bayon etilgan emas, Abdulla Oripov yuksak 
badiyat va teran tafakkur bilan bu ulug‘ zot siymosidagi nabiylik va insoniylik 
jihatlarini ko‘rsatib bergan.
Alisher Navoiyning “Munojot”, Furqatning “Hajnoma” va Abdulla 
Oripovning “Haj daftari” asarlarida Rasululloh obrazini o‘rganar ekanmiz, har bir 
asarda o‘zgacha badiiy-falsafiy talqinni kuzatamiz. Bu asarlardagi Rasululloh 
obrazining 
mushtarak 
jihati 
shundaki, 
Navoiy “li 
ma’ollohu vaqtun”
Furqat “Xurufu yozmadi juz “Mo arafnok”, Oripov esa “Tasviri joizmas bu holni, 
biroq”, deydi. Ya’ni, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyotining uch mutafakkir 
shoiri ham o‘z she’rlari, ta’rif va tavsiflari Rasulullohning fazilatlarini to‘liq 
ifodalash darajasiga chiqa olmasligini ta’kid etadilar. 

Download 48.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling