Munojot asarini sharhlash
Download 48.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Munojot asarini sharhlash
barcha anga xayl va o‘n sekiz ming olam ixtiro’idin maqsud – ul va ofarinish anga
tufayl”, deya payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning muborak hadislarida Alloh Ta’olo Odam Atadan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar berilganini eslatar ekan, bu payg‘ambar va rasullarning hamda o‘n sakkiz ming olamning yaratilish sababi Muhammad (s.a.v)ning tavalludlari uchun ekanligini aytadi. Avval va oxirin xalqi ya’ni, insoniyatning ibtidodan to so‘nggi qavmigacha nubuvvat taxtining humoyuni bo‘lgan bu zotning shafoatiga muhtoj ekanini keltiradi. Jibrili (Jabroil alayhissalom) hamrohligida, Buroqi markabi ulovida laylat ul-me’roj sari chiqqanini “li ma’ollohu vaqtun” aning maqomi”, deya g‘oyat go‘zal tasvir etadi. Ya’ni, bunda payg‘ambar alayhissalomning yettinchi qavat osmonda Alloh taolo bilan muloqotini payg‘ambar alayhissalom tilidan “Menda Alloh bilan shunday lahzalar bo‘ladiki...”, deya ifoda etadi. Navoiy me’roj tunidagi mazkur muloqot tasvirini tugatmasdan, bu, u zotning maqomi ekanini izhor etib, payg‘ambar alayhissalom va u kishining ahli oilasiga salovot aytadi. Alisher Navoiy olamlar yaralishi, odamlar yaralishining sababi va hayot maqsadi Allohning habibi bo‘lmish bu moʻtabar zotni tanimoq, unga salovat aytmoq deb tushunadi va Allohning qudrati va payg‘ambar alayhissalomga muhabbati cheksizligi va payg‘ambar alayhissalomning ummatlariga shafoati beadadligining ifodasi o‘laroq, u kishining maqomlari tasvirini tugallamasdan qoldiradi. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning “Hajnoma” asari shoirning 1892-yil Arab mamlakatlariga sayohati davomida yoziladi. Haj ibodati bilan bog‘liq asarlarning badiiy jihatdan eng go‘zal namunasi bo‘lgan, mazkur asar 12 tarji’dan iborat bo‘lib, har bir bandi 18 misradan, jami 216 satrni o‘z ichiga oladi. Birinchi tarji’da Allohga hamd va payg‘ambar alayhissalomga durudi salovat aytiladi. Asarda Rasululloh obrazi masalasi qanday yoritilgan? Birinchi tarji’da payg‘ambar alayhissalomni anbiyolar shohi, Haqning habibi deya e’tirof etib, nafaqat bu muqaddas Haram ostonasida, balki umrning har lahzasi va zaminning har manzilida nabiy alayhissalomga salovat aytishini izhor etadi. Ikkinchi, uchinchi tarji’larda Harami sharif va masjidi an-nabaviy tasvir etilgan. Bu ikki ulug‘ maskanning tasviriga e’tibor qaratilsa, u yerda berilgan har bir ashyo ta’rifida nabiy alayhissalomning fazilatlariga monand vasfni ko‘rish mumkin. “Saodat hujrasi – nuri munavvar” ya’ni saodat asrining bu hujrasi payg‘ambar alayhissalomning azal nurlari bilan munavvar ekanligidir. “Zumurrad tugmai toji saodat, Sharafda gumbazi voloi axzar”. Haram saodatning toji deyilgandek ko‘ringan ushbu satr zamirida ham butun insoniyatga yetgan va yetadigan saodatning toji bu ulug‘ zotning tafakkuri ekani va uning sharafi ko‘k osmoni qadar baland va yuksak ekanligi tarannum etiladi. “Kuland o‘lmoqni tamanno etdi xurshid, Va lekin etmadi Tangri muyassar”. Bu masjidning loyini qoriyotgan ketmonga havas etgan quyoshga Alloh bu orzuni nasib etmadi. Bu tashbehda, magarki bir inson din va rasul yo‘lida xizmat etmas ekan, uning umr maslagi loy qoriydigan ketmoncha qiymatga ega emasdir, degan falsafa mavjud. “Suvolg‘on ganchlari kofuru abyoz, Qo‘yilg‘on toshlari yoqutu ahmar”, − Devorlaridagi abyoz (o‘ta oq, porloq) ya’ni, nihoyatda oq ganjlar payg‘ambar alayhissalomning nafsning qaroliklaridan pok qalblarini (ko‘plab tarixiy-diniy manbalarda, xususan, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida Muhammad (s.a.v) bolaliklarida enaga onasi Halimaning o‘g‘illari bilan qo‘y boqib yurganida osmondan ikki farishta − Jabroil va Mekoil tushib u kishining ko‘ksilarini yorib qalblarini nafsdan toza etib, so‘ng oltin igna bilan tikib, qanotlari bilan silab ketgani haqida yoziladi, kofur (oppoq tusli xushbo‘y modda) esa u kishini g‘oyat yoqimli va go‘zal suhbatlarini aks ettirsa, yoqut toshlarining qizil jilvasi bu ulug‘ zotning muborak yuzidagi hayoning nozik ifodasidir. Masjid va Haram tasvirida “Rasou rostdir sangin sutunlar”, baland tosh ustunlar misoli payg‘ambar alayhissalomning baland va raso qadlarini, “Ravoqida hama oyoti Qur’on” − binoning barcha ravoqlarida Qur’on oyatlari bitilganidek, bu zotning taqdiriga Alloh Qur’onni bitgani, u kishiga nozil etilganiga ishora etiladi. To‘rtinchi tarji’da Furqat Me’roj kechasi voqeasini yoritar ekan, Rasulullohni “Risolat tojdori shohi “Lav lak”, deb ataydi. Ya’ni Alloh avval payg‘ambarimizning nurlarini yaratgani va uning tug‘ilishi uchun butun olamni yaratganini madh etadi. To‘rtinchi tarji’ Me’roj kechasi haqida bo‘lishi bilan birga Me’rojda Haq taolo va Rasululloh o‘rtasidagi suhbat dialog tarzida beriladi. “Dedi Download 48.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling