Munojot asarini sharhlash
Download 48.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Munojot asarini sharhlash
Tangri: “Habibim, yo Muhammad, Tila mandin bu dam: “Inna a’toynak”.
Dedikim: “Ummatimni mag‘firat qil, Erurlar osiyu saffoku bebok”. Alloh taolo va Muhammad (s.a.v.) o‘rtasidagi suhbatda Furqat Alloh o‘z habibining butun olamlarga rahmat etilganini aytib e’zoz etganini keltiradi. “Xuruf-u yozmadi juz “Mo arafnok” − Bu jumlada Muhammad (s.a.v.)ning siyrat-u sifatlarini ta’riflovchi olimlarning ul zot haqida “Biz sizni kamolatingiz darajasida taniy olmadik”, degan so‘zdan nariga o‘tolmaganliklari qatorida, Furqat o‘z ta’rif va vasfining darajasi ham “mo arafnok” ekanini e’tirof etishdir. Biz “Hajnoma”da Rasululloh obrazining tagmatnda kelgan xarakterini baholi qudrat tadqiq etishga harakat qildik. Beshinchi tarji’ esa Rasulullohning vasfiga bag‘ishlanadi. U kishining Odam avlodining afzali ekani, ul zotning tavalludlari uchun olam ijod etilgani, Me’roj kechasida u kishining kovushlari changini Arshi A’zam ko‘ziga surib, tavof etgani, u kishining tug‘ilishlari bilan bog‘liq tarixiy voqealar tilga olinar ekan, “Ketibon yerdin olam zulmati ham Hamon dam yog‘di nuri osmoniy”, deydi. Ya’ni u zot tug‘ilgach, yuzlarida falakning nuri jilva etdiki, yer yuzida butlar sindi, zulmat yo‘qoldi. Bu yerda yana shunday ma’no borki, Furqat tagmatnda payg‘ambar alayhissalomning nurlari tug‘ilishlaridan oldin bor bo‘lgani kabi, u kishi olamdan o‘tgach ham bu nur mavjud ekanligini, ya’ni yer yuzini payg‘ambar masjidi loyini qorishga orzumand oftob emas, ul zotning muqaddam nurlari yoritib turganini ifoda etadi. Abdulla Oripovning “Haj daftari” turkumida Rasululloh obrazi eng ko‘p murojaat va talqin etilgan obrazdir. “Hikmat sadolari” aynan hadislarning sharhi bo‘lgani uchun ham Rasululloh obrazi har bir she’rda asosiy o‘rinda ifoda topgan. Abdulla Oripov “Hikmat sadolari”ning muqaddimasida “Insof va diyonat izlab” maqolasida “Islom tarixi, ayniqsa, Qur’on va Hadislarni bir muncha o‘rganib, shunday xulosaga keldimki, har qanday oliyjanob va ezgu tuyg‘ular Islomga ham xosdir, ayni vaqtda Islom har qanday oliyjanob va ezgu tuyg‘ularga mos keladi. Muhammad alayhissalomning so‘nggi hamda eng komil payg‘ambar deb hisoblanishining tub sababi shunda emasmikan?! Bordi-yu, endi boshqa bir payg‘ambar chiqqan taqdirda ham u insoniyatga Muhammad alayhissalomdan ortiq yana nima hadya eta olardi!, deb yozadi. Mana shu so‘zboshida ham shoirning Rasululloh obraziga munosabati cheksiz ehtiromga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Turkumdagi “Payg‘ambar” she’rida esa bu ehtiromning badiiy ifodasini ko‘ramiz. Abdulla Oripov talqinidagi Rasululloh obrazida vasf etishdan ko‘ra Rasulullohning insoniy fazilatlari, kechinmalari ko‘rsatilgan. Albatta, Abdulla Oripov “Sizning murodingiz hidoyat erur, Sho‘rlik bandalarga inoyat erur”, deya u zotning ulug‘ va mukarramligini e’tirof etadi. “Assalomu alayka, yo Muhammad, Assolomu alayka, yo Ahmad”, deb barcha mo‘minlarga xos salovat aytadi. “Vahiy” she’rida nabiy alayhissalomning manman kimsalardan ranjigan kayfiyatini tasvir etar ekan: “Manman kimsalardan ranjidi Rasul, Ko‘ngli qolgandayin hatto do‘st – yordan” – manmanlik, kibr kabi johil illatlar pok insonlar qalbini ozurda etishini bayon etadi. “Ibrat” she’rida “Payg‘ambar daraxti bergay deb baxtni, Sig‘inib yurmasin unga ummatim”, deya u kishining kamtarliklari va qalb e’tiqodini urf-u odatga aylantirib qo‘ymaslik haqida ogohlantirishlari yoritiladi. “Meroj” she’rida “Tasviri joizmas bu holni, biroq Visol nasib etdi Rasulullohga”, der ekan Abdulla Oripov “Tasviri joizmas Download 48.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling