Munosabat [a. ﻣﻨﺎﺻﺒﺖ – munosiblik, muvofiqlik; joizlik; qarindoshlik; aloqadorlik]


-mashq. Gaplardagi nutqiy birliklar


Download 43.5 Kb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1184908
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

1-mashq. Gaplardagi nutqiy birliklar va lisoniy birliklarni ajrating va guruhlang. Guruhlardagi nutqiy birliklar qatorini o‘xshashlari bilan davom ettiring.
1.Til kishini baxtli qiladi. Til kishini xor-zor ham qiladi. Til tufayli odamning boshi ham ketadi. Ikki narsa bilan kishi qarimaydi: biri – ezgu xulq, biri – yaxshi so‘z (Y.X.Hoj.) 2. So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jong‘a xabar jonondin, Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin (Nav.)
2-mashq. Berilgan gaplardagi o‘xshash nutqiy birliklarni aniqlang. Har bir nutqiy birlikdagi har qanday qo‘llanishda namoyon bo‘ladigan, o‘zgarmas belgilarni toping. Qaysi munosabat turiga mansubligini aniqlang.
1.Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Laylo nomidan Sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. O‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari; ul kunlarni Siz unuting-unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman (Qod.). 2. Odamlar sertakalluf, xushfe’l. Birovdan bir joyni so‘rasangiz, to‘rt kishi qo‘shilib javob beradi, biri tushuntirib qo‘ysa, biri boshlab borishga hozir. (O.Yoqub.)
3-mashq.
NAFS HAQIDA
Tirik jon borki, nimaningdir ilinjida yashaydi. Ilinj odamlarni ne ko‘ylarga solmaydi! Chunki ilinj – nimanidir qo‘lga kiritish, olish degani, binobarin, insoniyat qavmining ko‘plab qayg‘u-sitamlari olish evaziga berish muvozanatining buzilishidan kelib chiqadi. Vaholanki, olish va berish dunyoni ostin-ustin bo‘lib ketishidan saqlab turgan posangi, bu ikki posangi teng saqlangan joyda farovonlik, xotirjamlik, aks holda..., kimdir atayin, kimdir ongsiz – ixtiyorsiz ravishda bu ikki posangi muvozanatini buzadi... Bu yorug‘ dunyoda ofat-u balolarning to‘xtamasligi inson zotining manglayiga ana shu o‘ta jo‘n va o‘ta mushkul hikmatni tushuna bilmaslik tamg‘asi urilganidan dalolat beradi. Bu tamg‘a “nafs” deb ataladi. Har qanday aql-idrokni aql idrok qiladigan ham, tinchlik – xotirjamlik kushandasiga aylantiradigan ham ana shu nafs (X.Do‘st.).


Topshiriqlar.
1-topshiriq. Matnni kuzating, nutqiy birliklarni aniqlang va ularning lisoniy asoslarini toping.
2-topshiriq. Lisoniy birliklar qaysi paradigmaga kirishini aniqlang.
3-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigma hosil qiluvchi belgisini aniqlang.
4-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigmada hosil bo‘luvchi belgisini toping.
5-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigmaga betaraf belgisini aniqlang.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling