„Munozara metodi. Bu metod amaliy mashg‘ulotlar uchun qulay. Odatdan tashqari, hattoki favquloddagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni talabalarga o‘rgatish maqsadida bu metoddan foydalaniladi


Download 18.16 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi18.16 Kb.
#1188529
Bog'liq
Munozara


„Munozara“ metodi. Bu metod amaliy mashg‘ulotlar uchun qulay. Odatdan tashqari, hattoki favquloddagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni talabalarga o‘rgatish maqsadida bu metoddan foydalaniladi. Masalan, tug‘ayotgan sigirning buzog‘i teskari keldi, yurak to‘xtash arafasida nima chora ko‘rish kerak va hokazo. Bunday muammolarni hal qilish yo‘llarini o‘rganishda munozara metodidan foydalanilsa, talaba o‘quvchilarning fikrlari faollashib qisqa vaqt ichida to‘g‘ri qaror qabul qilish, ishni to‘la, tez va chaqqon bajarish sifatlari shakllanadi.
Munozara metodi. Disput — bu ikki yoki ko‘proq kishilarning keskin chegaralangan qoidalar doirasida og‘zaki olib boriladigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Disput mavzusi tayyorgarlik ko‘rish uchun o ‘tkazishdan oldin talaba-o‘quvchilarga ma’lum qilinadi. Talaba-o‘quvchilarga bilim berishga mo‘ljallangan disputda kamida bitta rais va ikki guruhning har biridan bir nafardan so‘zlovchi qatnashadi. Disputni ochuvchi birinchi talaba qo‘yilgan taklifni ma’qullab chiqsa, ikkinchisi unga qarshi chiqadi, ya’ni opponent bo‘ladi. So‘zlovchilarga 10 minutdan, har ikki guruhdan ikkitadan ortiq bo‘lmagan qo‘shimcha qilishga chiqadigan talabalaming har biriga 5 minutdan vaqt beriladi. Ikki marta so‘zga chiqishga ruxsat etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning barchasi raisga murojaat etishadi va uning qarori qat’iy bo’lib, disputning mavzudan chetga chiqib ketmasligini nazorat qiladi.
Munozaralar o‘tkazish texnologiyasi. Munozaralarni tashkil etish va o‘tkazish tashkilotchidan juda jiddiy tayyorgarlikni, ijodiy muhit yaratishni talab etadi. O‘qituvchi munozaraning mavzusini, uni o‘tkazish rejasini, vaqtlarini talaba-o‘quvchilar bilan o‘zaro kelishib oladi. Talaba-o‘quvchilarga o‘quv yili boshlanishida munozara mavzulari rejasi e ’lon qilinib, ularga yetkaziladi. Ulaming tayyorgarlik ko‘rishlari uchun vaqt beriladi. Munozara muhokamasiga ma’muriyat, mahalla faollari, mashhur mutaxassislar taklif etiladi. Munozaraning boshlovchisi tayinlanadi. Boshlovchi juda keng qamrovli bilimga ega bo‘lishi kerak. Munozara davrida vujudga keladigan muammoli masalalar, ayniqsa, chigal fikrlar bo‘yicha ularni chuqur tahlil qilish qobiliyatiga ega ekspertlar taklif etiladi. Munozarani olib borganda uning ishtirokchilarini qiziqtirib, qovushtirib, boshqarib, zarur yo‘llanmalar berib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan munozara jarayonida to‘g‘ri xulosalar chiqarish juda katta ma’suliyat talab etadi.
Munozaralar mavzuga qiziqish bildirgan guruhlarni qo'shib, aksincha hollarda esa, ularni guruhlarga bo‘lib, zarur bo‘lgan ayrim hollarda katta zallarda, katta auditoriyalarda olib boriladi. Munozaralar demokratik, oshkoralik, tenglik, samimiylik, hamkorlik ham ijodkorlik, bir-birini qo‘llash ruhiyatida olib borilishini ta’minlash yaxshi natijalar beradi. Munozara erkin fikr yuritishni, o‘z shaxsiy pozisiyasida turishga o‘rgatadi. Eng muhimi, talaba-o‘quvchini mustaqil mutolaaga, fikr almashuv orqali uzluksiz o‘z bilim va malakasini oshirishga olib keladi.
O’qituvchi munozara shaklida o’tkazilishi mumkin bo’lgan mavzuni tanlaydi va uni o’quvchilar e’tiboriga havola qiladi. O’quvchilar tanlangan mavzuni “shturm” qiladilar va muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o’rganadilar. O’qituvchi o’quvchilarga «aqliy hujum» topshirig’ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi. O’quvchilar muammo echishga oid fikrlarini bir necha variantlarda ifoda qiladilar, lekin hech qaysi fikr tanqid ostiga olinmaydi. Imkon qadar o’quvchilarning ko’proq fikr bildirishlariga sharoit yaratiladi. Mavzu yuzasidan to’g’ri va tugal munozarani tashkil etish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. O’qituvchi munozara muhitini yaratish va o’quvchilarni munozaraga jalb qilish uchun ishni bir necha bosqichga bo’lishi va har bir bosqich uchun tegishli mashqlar va yo’naltiruvchi savollarni belgilab olishi zarur. Bularsiz bahs-munozara o’tkazib bo’lmaydi.
Download 18.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling