Muomala ikki yoki undan ortiq odamlarning oʼzaro bir-biriga taʼsir etishi


Download 19.99 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1748706
Bog'liq
glossarij



  1. Glossariy:




  1. Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining oʼziga xos maxsus tarmogʼi boʼlib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari oʼrganiladi.

  2. Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va oʼzaro munosabatlarni oʼrganishga qaratilgan fan.

  3. Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda oʼzlashtirish jarayonidir.

  4. Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali taʼsir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.

  5. Muomala – ikki yoki undan ortiq odamlarning oʼzaro bir-biriga taʼsir etishi.

  6. Boshqaruv – shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni oʼrnatish ga qaratilgan jarayon.

  7. Oila – turmush qurish, qarindosh-urugʼchilik asosidagi kichik guruh.

  8. Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri boʼlib, oʼzgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga taʼsir etishdagi aniq maʼlumotlariga tayanadi.

  9. Soʼrov – asosiy metodlardan biri boʼlib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita maʼlumot olinadi.

  10. Аnketa – metodlardan biri boʼlib, respondent toʼgʼrisida aniq koʼzlangan maʼlumotlarni yigʼish maqsadida qoʼllaniladi.

  11. Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda soʼz, ibora, abzatslarni maʼno-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.

  12. Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bogʼliq ravishda tekshirish, oʼrganish, maʼlumotlar toʼplash metodi.

  13. Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qoʼllaniladigan metodlardan biri boʼlib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.

  14. Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda maʼlumot, axborot, gʼoyalar almashinuvi jarayoni.

  15. Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor taʼsir koʼrsatish jarayoni.

  16. Pertseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.

  17. Bosqichlar – muloqotda mavjud boʼlgan shaxsning oʼzi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.

  18. Shakllar – bevosita va bavosita tur boʼlib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi koʼzda tutiladi.

  19. Verbal – ogʼzaki ifodalangan nutq.

  20. Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yoʼnaltirilishi.

  21. Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda biror maʼlumotning yetkazilishiga qaratilgan tomoni.

  22. Pertseptiv – shaxslararo munosabatlarda biror vaziyatni, xolatni tushunish, xis etishga qaratilgan tomoni.

  23. Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga taʼsir etishga qaratilgan tomoni boʼib, bunda shaxsning ijtimoiy mavqei, roli muhim omil sifatida kuzatiladi.

  24. Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda boʼlish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.

  25. Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi

  26. Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning oʼzaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning koʼzda tutilishi.

  27. Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.

  28. Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga koʼra biror guruhga taalluqli deb qarash.

  29. Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda boʼlish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.

  30. Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi

  31. Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning oʼzaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning koʼzda tutilishi.

  32. Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.

  33. Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga koʼra biror guruhga taalluqli deb qarash.

  34. Referent gurux – jamoa yoki guruh orasida oʼz taʼsiriga ega shaxs yoki guruxning mavjud boʼlishi.

  35. Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va oʼzicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.

  36. Uyushganlik - guruh aʼzolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini anglashlari.

  37. Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida boʼlishi bilan bogʼliq psixologik jarayon.

  38. Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir boʼlayotgan ijtimoiy hodisalarni, obʼektlarni, ijtimoiy guruhlarni maʼlum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar oʼrnatishga ruhiy ichki hozirligi.

  39. Mobil - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga oʼtish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.

  40. Rigid – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga oʼtish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.

  41. Introvert - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida oʼz ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.

  42. Ekstrovert – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida oʼz ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.

  43. Dominant – boshqalar bilan muomala va munosabat oʼrnatishda oʼz fikrini oʼtkazish xislatining yorqin namoyon boʼlishi.

  44. Tobe – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda koʼnikuvchanlik, boshqa kishilarga bogʼliqlik, fikriga boʼysunish xususiyatlarining tarkib topishi.

  45. Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda oʼzlashtirish jarayoni.

  46. Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi oʼz muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.

  47. Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.

  48. Taʼlim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni taʼlim tizimda qobiliyati, iqtidori, isteʼdodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi.

  49. Ijtimoiy psixologiya – psixologiyaning shunday sohasiki, bunda psixik va jamiyat taraqqiyoti konunlari shaxs xulq-atvorida aks etishi oʼrganiladi.

  50. Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli boʼlib, bilishning nazariy va amaliy oʼzlashtirish usullari yigʼindisidir.

  51. Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda oʼzlashtirish jarayonidir.

  52. Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali taʼsir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.

  53. Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin boʼlgan xolatning bashorat qilinishi.

  54. Аvtoritar – ijtimoiy munosabatlarni oʼrnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining faqat oʼz fikri va qarashlariga suyanishi va amal qilishi.

  55. Demokratik - ijtimoiy munosabatlarni oʼrnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining jamoa fikri va qarashlarini ham inobtga olishi.

  56. Liberal - ijtimoiy munosabatlarni oʼrnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining befarqlik munosabatlarini namoyon etishi.

  57. Raxbarlik – boshqaruvda rasman vakolatlarning shaxsga berilganligi.

  58. Liderlik – jamoa orasida turli vaziyatlar taʼsirida yuzaga keladigan rahbarlik, lekin bu rahbarda rasmiy vakolat tizimi mavjud emas.


Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling