Muomala jarayonida o’z-o’zini kommunikativ nazorat qilish testi


Download 19.38 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi19.38 Kb.
#1466443
  1   2   3
Bog'liq
Test


  1. Muomala jarayonida o’z-o’zini kommunikativ nazorat qilish testi

Quyidagi 10 ta testni diqqat bilan o’qing, qaysi gap ishonchli bo’lsa unga “to’g’ri” belgisini, agar ishonchsiz desangiz unga “noto’g’ri” degan belgini qo’ying. 1. Boshqalarning odatlariga taqlid qilish qiyin deb o’ylayman.
2. Boshqalarning diqqatini tortish va kuldirish uchun axmoqona harakatlar qilishim mumkin.
3. Mendan yaxshigina aktyor chiqishi mumkin edi.
4. Boshqalar fikricha men ayrim narsalarni juda chuqur ichdan kechiradi, deb o’ylaydilar.
5. Turli davralarda men kamdan kam hollarda diqqat markazda bo’laman.
6. Turli vaziyatlarda har xil kishilar davrasida men o’zimni bir xil tutmayman.
7. Men o’zim to’g’ri deb bilgan fikrimda qat’iy turaman.
8. Ishda va odamlar bilan munosabatda ko’p narsaga ulgurish uchun meni qanday ko’rishni xohlasalar o’zimni shunday tutaman.
9. Men yoqtirmaydigan odamlarim bilan ham do’stona munosabatda bo’la olaman.
10. Boshqalar meni qanday tasavvur qilsalar men shundayman.
Test bo’yicha kommunikativ nazoratning yuqori darajasiga ega kishilar doimo o’zlariga e’tibor berishadi, o’zini qaerda qanday tutishni yaxshi bilishadi. His-tuyg’ularini boshqara oladilar. Ular oldindan bilib bo’lmaydigan vaziyatlarni yoqtirmaydilar. “Bu vaziyatda men qanday bo’lsam shundayman”, qoidasiga rioya qiladilar. Kommunikativ nazoratning quyi darajasiga ega kishilar ochiq ko’ngil “men”i barqaror, turli vaziyatlarda kam o’zgaradilar.
Natijalarni hisoblash: 1-5-7-savollarning “noto’g’ri” javobi uchun va qolgan 2,3,4,6,8,9,10-savollarning “to’g’ri” javobi uchun 1 baldan beriladi. Agar savollarga samimiy javob bergan bo’lsangiz quyidagicha hisoblanadi. 0-3 ball – Sizda kommunikativ nazorat quyi darajada, xulq-atvoringiz barqaror, vaziyatga qarab o’zgarish kerak deb hisoblamaysiz. Muloqot jarayonida samimiylikka moyilsiz. To’g’ri so’zligingiz uchun ba’zilar sizni noqulay suhbatdosh deb bilishlari ham mumkin. 4-6 ball. Sizda kommunikativ nazorat o’rtacha darajada. Siz samimiysiz, biroq histuyg’ularingizni boshqara olmaysiz. 7-10 ball. Sizda kommunikativ nazorat yuqori darajada. Har qanday rolga oson kirisha olasiz, o’zgargan vaziyatga tez moslashasiz. Boshqalarda taassurot qoldira olmasligingizni bilsangiz ham o’zingizni yaxshi his qilasiz.


  1. Download 19.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling