Muomala madaniyatining milliy xususiyatlari


Qadimgi Sharq madaniyatida an’analar, mifologik ongning hukmronligi


Download 166.51 Kb.
bet11/21
Sana31.03.2023
Hajmi166.51 Kb.
#1314556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1-30

Qadimgi Sharq madaniyatida an’analar, mifologik ongning hukmronligi.
Qadimgi Sharq tarixi Qadimgi dunyo tarixining tarkibiy qismini tashkil etib, u Shimoliy, Shimoli-sharqiy Afrika, Old, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan hududini ishg‘ol qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharq tarixining davriy sanasi m. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidan to milodiy IV asr oralig‘idagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu ulkan hudud o‘zining xilma-xil tabiiy sharoiti: yer usti tuzilishi, iqlimi, suv manbalari, osmono‘par Himolay, Pomir, Hindikush. Kunlun, Tyanshan tog‘lari, o ‘simIiklarga va hayvonot dunyosiga boy bo‘lishligi bilan o‘ta qadimdan boshlab hamma davr odamlaming diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Sharqiy, Markaziy, Janubi-sharqiy, Janubiy va 0 ‘rta Osiyo ilk odamzod yashagan o‘lkalar qatoriga kirib, olimlar bu hududni antropogenez jarayoni sodir bo‘lgan mintaqaga kiradi, deb hisoblaydilar. Bu katta hududda ibtidoiy jamoa tuzumining hamma bosqichlarida odamlar yashab kelgan. Bu ulkan hududda yashagan ibtidoiy kishilar o‘zlari uchun qulay, hayvonot va o ‘simlikIar olamiga boy bo‘Igan joylarda istiqomat qilib, dastlab yovvoyi hayvonlarni ovlab, ildizmevali va mevali daraxtlaming mevalarini, shuningdek, qushlarning tuxumini va katta-kichik hashoratlarni terib yeb tirikchilik o ‘tkazganlar. Keyinchalik esa Sharq dunyosining odamlari daryo bo‘ylarda, jilg‘a, buloq, kichik-kichik soylarning etaklarida termachilikdan asta-sekin loyqa liman va qayr dehqonchiligiga, so‘ng esa kattakichik daryo bo‘ylarida ilk sug‘orma dehqonchilikka o‘ta boshlaganlar. Qadimgi odamlar ovchilikdan yow oyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, chorvachilikka asos solganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumining neolit-yangi tosh davriga kelib esa hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivojlana borgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Sharqda ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan bu hududda birinchi, ikkinchi va uchinchi mehnat taqsimoti sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan, ya’ni xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida jamiyatdagi kishilar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning vujudga kelishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. Shu tariqa urug‘chilik tuzumining yemirilishi munosabati bilan jamiyatni boshqarish tizimi shakllana borib, joylarda ilk davlatlarning tashkil topishi munosabati bilan Nil, Dajla (Tigr), Frot (Efrot), Qadimgi Sayxun, Jayxun, katta-kichik daryolaming unumdor vodiylaridagi qulay tabiiy sharoitlar m.av. IV mingyillikdayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishiga yordam bergan. Shaiqshunos olim V.I.Avdiyev yozganidek Qadimgi Sharq xalqlari tuzumining boshqalardan farq qiladigan eng muhim xususiy ati - unda urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi, shuningdek, qadimgi jamoa, awalo oila jamoasi, keyin esa qishloq jamoasi qoldiqlarining mustahkam saqlanib qolganligidir. Ammo hududda ishlab chiqarish kuchlaming rivojlanishi ijtimoiy tuzumni o‘zgartirib yuboradi. Qadimgi Sharq dunyosida metallurgiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi texnikani bir qadar taraqqiy qildirib, qishloq xo’jaligining va asosan hunarmandchilikning rivojlanishiga turtki berdi. Та’kidlamoq joizki, chorvachilikning dehqonchilikdan, keyinroq hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi hamda hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish sohasida turli tarmoqlarning paydo bo‘Iishi qo‘shimcha yordamchi ishchi kuchini talab qilgan. Endilikda xo'jalikning hamma tarmog‘ida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boiingan. Buning uchun ishlab chiqarishga yangi ishchi kuchi talab qilinganki, urushlarda asir tushgan kishilar va qarzdorlar qul;sifatida ishlatila boshlangan. Shu tariqa dastlabki qulchilik vujudga kelgan. Ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozorga olib chiqib boshqa buyumlarga almashtirish boshlangan. Shuningdek, turli metallardan tangalar zarb qilingan. Aholi orasida ayirboshlash 7 ishini araalga oshiradigan savdogarlar pay do bo‘lgan. Savdogarlikning pay do bo‘lishi munosabati bilan mehnatning uchinchi yirik ijtimoiy bo‘linishi sodir bo‘lgan. Qadimgi Sharq dunyosidagi davlatlarda ham bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshirilgan. Xo'jalikning hamma tarmoqlarida kishilaming ehtiyojidan tashqari ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilgan. Ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarish esa qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqarga


Download 166.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling