Muomala madaniyatining milliy xususiyatlari
Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar
Download 166.51 Kb.
|
1-30
Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar.
Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televidenie va internetning roli har qachongidan ortadi. Misol uchun, 2002 yilgi Sidney Olimpiadasi musobaqalarining ochilish marosimini dunyo aholisidan 3 milliard 600 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan. Rossiyalik olim Yu.Kashlev to‘plagan mana bu ma’lumotlarga e’tibor beraylik: Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan. Bundan 30-40 yil oldin buni tasavvur qilib ham bo‘lmas edi. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 3 milliard kishi internetdan foydalana boshlagan. Boshqacha aytganda, dunyoda biror shaxs, jamiyat, davlat yoki voqea, hodisa haqida sanoqli daqiqalarda xabar topish imkoni paydo bo‘ldi. Bir paytlar qo‘shni davlat ahvoli haqida ma’lumot olish uchun oylab kutilar edi. Jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysuntirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir. Shu o‘rinda aytish joizki, yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim salbiy holatlar uchun globallashuv hodisasining o‘zi aybdor ham, javobgar ham emas. 16 Dinning inson kamolotida tutgan o‘rni. Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir. Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi. Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar 20ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo. Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi. Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar. Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini, munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy – siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy-hissiy ta’sir yetkazadi. Butun madaniyatning din zaminida integrasiyasi xususan O’rta asrlarda kuchli ekanligi ma’lum. Shuningdek, G’arbda O’rta asrlarda maktablar cherkov qoshida bo’lgan, kutubxonalar monastirlarda joylashgan eng katta kitoblar xazinasi XII asrdayoq Praga monastirida edi, qo’lyozma kitoblarni monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar tuzganlar (IX asr). Birinchi Universitet – Parijda badavlat ruhoniy Sorbonna tomonidan bunyod etilgan. Me’morchilik inshootlarining bezatishida diniy mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, Mikelanjello, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Andriy Rublev va boshqalar diniy binolarning bunyodi va bezashida katta hissa qo’shganlar. Yevropada dastlabki sahna asarlari misteriya va pastorale nomlanib, madaniyati syujetlarni aks etgan. Diniy ibdoat va marosimlarning Yevropada musiqa va qo’shiq aytish bilan o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi. 17 Madaniy-ma’rifiy islohotlar va komil inson tarbiyasi. Ma`naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddati, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi. Ma`naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi. Ma`naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limining maqsad va vazifalari Ma`naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsiz, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig’ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg’usini kamol toptirishdan iborat. Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir. Ma`naviy-ma'rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi o’z faoliyatining samaradorligiga erishish uchun: - universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish; - barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash; - ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. mafkuraviy, badiiy-estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish; - ularda kasb madaniyatini tarkib toptirish; - jamoada umumiy va pedagogik madaniyatni oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish; - O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish ¬borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, ¬mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish; - ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minoti, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘quv-uslubiy asosini takomillashtirish; - ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularning faoliyatini takomillashtirish; - milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ‘ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlarini nishonlash; - yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi talabalar bilan ma’na¬viy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni olib borish; - ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan bog‘liq boshqa ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Universitetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga keng imkoniyatlar yaratish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, universitetda sog‘lom ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlashda “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar hamda targ‘ibot-¬tashviqot ishlari, teatrlar, muzeylar, tarixiy maskanlar va muqaddas qadamjolar, tabiat maskanlariga tashrif, mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlar va diqqatga sazovor joylarga sayohat, turli tashkilotlar bilan ma’naviy sohada hamkorlik tadbirlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining mustaqillik inshootlari: Mustaqillik maydoni, Baxtiyor ona haykali, Ezgulik arkasi, Motamsaro ona haykali, Vatanga qasamyod haykali, Qatag‘on qurbonlari majmuasi, madaniyat maskanlari: teatr (Muqimiy nomidagi ¬musiqali drama teatri, O‘zbek milliy akademik teatri, Alisher Navoiy nomidagi katta teatr, O‘zbek davlat drama teatri)larga, muzey ¬(“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “San’at”, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeylari)ga, tasviriy san’at va ijodiy ishlar ko‘rgazmalariga hamda yurtimizning muqaddas qadamjolariga tashriflariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga, universitet jamoasi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy bayramlari ¬Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, ¬O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda munosib ishtirok etib kelmoqda. 18 Mustaqillik davrida ta’lim rivojining o‘ziga xos xususiyatlari. Prezident I.A.Karimov asarlarida barkamol avlod tarbiyasi va ta’lim - tarbiyani islox qilish g`oyalari.1991 yil O`zbekiston o`z mustakilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatning barcha sohalarida bo`lgani kabi ta’lim - tarbiya masalasiga va barkamol avlod tarbiyalashga katta e’tibor qaratdi.I.A.Karimov o`zining qator asarlari, maqola va nutqlarida shu masalaga oid qarashlarini bayon etdi. Eng avvalo yurtboshimiz quyidagi so`zlarini keltirishni lozim deb bilaman:"Men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir" degan fikrini ko`p mushohada qilaman.Buyuk ma’rifatparvarning bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarbdir.Tarbiyaning jamiyat rivojidagi roliga yuksak baho berib Oliy kengash IX sessiyasida so`zlagan nutqida prezidentimiz shunday deydi:"Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz!Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-okibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi". (Barkamol avlod orzusi. T.1999).Tarbiya qatori ta’limning ahamiyatini ham yurtboshimiz ulug`laydi:Prezidentimiz ta’lim-tarbiya islohati haqida gapirar ekan e’tiborni avvalo milliy qadriyatimizni o`rganishga, milliy g`oya va mafkuramizni tiklashga qaratdi. O`tmish qadriyatlarimizning milliy g`oya tarbiyasidagi o`rnini muhim deb biladi. Ta’lim-tarbiya ishlarida shularga tayanishni lozim deb biladi:"To`qqizinchi -o`n beshinchi asrlarda ma’rifatli dunyo buxoriylar, farg`oniylar, xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulugbeklarni qanchalik izzat ikrom qilgan bo`lsa, yigirma birinchi asrda biz xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qaytadan qo`lga kiritishimiz kerak. O`sha davrda ulug` ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qaytadan tiklashimiz lozim.Takror aytamanki, bunga ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilish bilangina erishish mumkin". ("Tafakkur" jur. 1998. №2).1997 yillarga kelib ham belgilangan ishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi isloxatlar talab darajasida amalga oshmadi, hali kamchiliklar ko`p edi. Shuning uchun ta’lim tug`risida yangi qonun va kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur ishlab chiqish kun tartibidagi muhim masalalardan bo`lib qolaveradi.I.Karimov shunday deydi: "Lekin taasufki, respublikada kadrlar tayyorlash, ta’lim- tarbiya tizimida jiddiy o`zgarish ro`y bermayapti. Aslida islohatlarni mana shu sohadan boshlash kerak edi. ...zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo`lga qo`yish faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo`lmog`i lozim..." ("Ma’rifat" gaz. 1997 y. 7 iyun). Mana shu ta’lim-tarbiya sohasida o`tkazilayotgan islohatlardan asosiy maqsad esa, jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Yurtboshimiz barkamol avlod, unga xos sifatlar va ularni tarbiyalash yo`llari haqida ham o`zining muhim fikrlarini o`z nutq va asarlarida bildirib o`tadi. Oliy Majlis IX sessiyasida so`zlagan nutqida shunday deydi: "Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir". Mana shu barkamol avlodni avvalo mustaqil va erkin firlay oladigan kishilar qilib yetishtirish lozimligi haqida prezidentimiz shunday deydi: "Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim-tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak... bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi, umuman maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o`rgatiladimi, aminmanki o`rgatilmaydi... O`qituvchi va o`quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o`rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti.... Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir". "Tafakkur" jurnali muxbiri javobida prezidentimiz shunday fikr bildiradi: "Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo`lamiz". "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" risolasida ham komil insonga ta’rif beriladi: "Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz". Yurtboshimiz "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li" asarida O`zbekistonni yangilash va rivojlanishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ham ko`rsatib beradi. Bular: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon etilishi; - vatanparvarlik". "Ustoz", Umid", "Kamolot", "Ulug`bek" va boshqa jamg`armalar tashkil etildi. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni alohida o`qitish va tayyorlash, ularni xorijiy davlatlarga yuborib, bilim va malakalarini yanada oshirishga e’tibor berilmoqda. 19 Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘ rni. Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi. Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan. - Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi. Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar. - Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi. Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi. Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi. 20 Madaniyatning turlari: individul madaniyat, xalq madaniyati, ommaviy madaniyat. “Ommaviy madaniyat”, bu – xalq madaniyatining maʼlum qismi emas! Bugungi kunda Gʻarb matbuotida bong urilayotganidek xalq emas, balki olomon koʻp narsalarni hal qilmoqda. Davlat toʻntarishlari, inqiloblar yuz bergan mamlakatlarda buni koʻrib turibmiz. “Ommaviy madaniyat” zamonamizning dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda. Zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tufayli “ommaviy madaniyat” ham keng tarqalmoqda. Endilikda odamlarning ayrim guruhlari anʼanaviy madaniyatni –axloq-odobni, urf-odatlarni tan olmay qoʻydi. Shu kungacha “ommaviy madaniyat”, deganda oʻzida axloqsizliklarni jamlagan behayoliklarni tushunardik. Endilikda ommaviy madaniyat qirralari iqtisodiyot, siyosat va mafkurada ham koʻzga tashlanmoqda. Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalarini tarqatish, kerak boʻlsa, uning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik anana va qadriyatlari, turmush tarzining maʼnaviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʻporishga qaratilgan tahdidlar odamni tashvishga solmay qoʻymaydi. Maʼlumki, olomonga boʻysunuvchi bu turdagi odamlar boshqalardan farq qiladi. Psixologlar anchadan beri olomon ruhiyatini oʻrganishga urinadi, ammo hamon uning ildiziga yetib borilmagan.“Ommaviy madaniyat” bu xalq madaniyatining maʼlum qismi emas, balki omma, yaʼni olomonga moʻljallangan madaniyatdir. Tarixdan maʼlumki, bir guruh odamlar (olomon) tomonidan uyushtirilgan isyonlar turli mojarolarni keltirib chiqargan hamda mamlakat va xalqlar taqdirini butunlay oʻzgartirib yuborgan. Biz buni 1917-yilgi qonli inqilob, soʻngi yillarda kuzatilayotgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqea-hodisalardan koʻrib-bilib turibmiz. Olomon atrofdagilarning gap-soʻzlarini deyarli qabul qilmaydi. Chunki u faqat his-hayajonga berilgan boʻladi. Faqat oʻzi tanlagan yoʻl toʻgʻri deb oʻylaydi.Tahlilchilarning fikricha, inqirozli daqiqalarda sahnada paydo boʻladigan “ommaviy odam” oʻzini hamisha agressiv tutadi. Oʻzini har qanday madaniyatdan uzoq tutuvchi olomon hamisha xavflidir. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogʻliq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va koʻpchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. “Axborot asri” deb nom olgan hozirgi davrda axborot energiya manbalari tabiiy boyliklar qatorida strategik resursga aylanmoqda. Mutaxassislar bir ovozdan axborot taraqqiyotning bosh omiliga aylanganini qayd qilishmoqda. Bu esa axborot makonidan va ommaviy axborot vositalaridan turli kuchlarning siyosiy va geosiyosiy vazifalarni hal qilish uchun “kuch ishlatish yoʻli” bilan emas, balki boshqacha yoʻl bilan foydalanishga imkon bermoqda. Axborotning jamiyat hayotidagi roli mislsiz darajada oʻsishini bashorat qilgan nemis faylasufi Osvald Shpengler XX asr boshlarida “Yevropa inqirozi” asarida yozganidek, bugungi kunda “jahonning ikki yoki uch gazetalari provinsial gazetalarning fikrini va ularning yordamida “xalq irodasini yoʻnaltirib” turibdi. Jurnalistlar koʻpdan beri qariyb har bir nizoning uchinchi tomoniga aylanib qoldilar. Olimlar urushga munosabatning oʻzgarganini aytishar ekan, qurolning yangi turi kashf qilinganini taʼkidlashmoqda. Bu qurol-axborotdir. Bunday qurol yordamida insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Bu qurol yordamida ongga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni oʻz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi. Shu tariqa nafaqat millat turmush tarzi, balki uning yaxshilik va yomonlik, oq va qora, savob va gunoh, rost va yolgʻon haqidagi tasavvurlari ham oʻzgaradi. Bugungi kunda shu narsa aniq boʻldiki, davlat toʻntarishlari, inqiloblar va tashqaridan boʻlgan qurolli hujumlar oqibatida Yaqin Sharq va shimoliy Afrikadagi bir qator mamlakatlardagi vaziyat juda ham keskinlashib ketdi va juda ham kuchsiz boʻlmish markaziy hukumat boshqaruvni qoʻldan chiqardi. Buni biz Iroq, Liviya va Misrdagi koʻngilsiz voqealardan koʻrib turibmiz. Tahlilchilarning fikricha, barqaror hukumat agʻdarib tashlangan mamlakatlardagi vaziyat yanada murakkablashgan. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur mamlakatlarda boshboshdoqlik yuzaga kelgan. Ayrim kuzatuvchilar vaziyatni “boshqariladigan boshboshdoqlik”(“boshqariladigan xaos”) deyishmoqda. Maʼlumki, “boshqariladigan xaos” gʻoyasi 1970-yillarda ishlab chiqilgan boʻlib, bu gʻoyaga koʻra alohida tanlab olingan mamlakatlarni milliy hukumatlar emas, balki xalqaro korporatsiya va sindikatlar boshqarishi kerak boʻladi. Bu maqsadlarga erishish yoʻlida tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga turli tomonlardan hujumlar uyushtiriladi va bu mamlakat parokanda qilinadi yoki kuchsizlantiriladi. Mazkur mamlakatlarda fuqarolarning hukumatga qarshi chiqishlari uyushtirilib, fuqarolar urushi keltirib chiqariladi. Natijada hukumat nima qilishini bilmay qoladi. Oqibatda hukumat oʻzgargan mamlakatlarda koʻrib turganimizdek ijtimoiy inqiroz, ocharchilik, talon-torojlik yuz beradi. Toʻqnashuvlardan charchagan aholi esa uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻladi. Boʻlaklarga boʻlingan hududlar esa maʼlum klanlarning qurolli guruhlari tomonidan nazorat qilinadi. 21 Yunon-Baqtriya madaniyati. Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256—248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar).Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mazori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga boʻlinib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon anʼanalari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon-Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afgʻonistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy eʼtiqodlar keng tarqalganligini koʻrsatib turibdi.Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200-185), Yevkradit (mil. av. 185-171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (masalan, Diodot 1, Yevkradit II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan.Yunon-Baqtriya podsholigi mil. av. 140—135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan. Yunon manbalariga koʻra, Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan. Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir. Eramizdan avvalgi 256 yilda Parfiya, Baqtriya va Soʻgʻdiyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot oʻzini shoh deb eʼlon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Soʻgʻdiyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga oʻtdi. Eramizdan avvalgi 230-yilda Soʻgʻdiyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan agʻdardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya oʻrtasida savdo yoʻllarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar boʻlib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208-yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207-yilda u Parfiyani magʻlubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qoʻshinlari Yevtidem ustidan gʻalaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Oʻz navbatida u Antioxga oʻzining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning oʻgʻli Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari boʻlgan janubiy knyazliklarni oʻziga boʻysundirish imkoniyatiga ega boʻladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yoʻl oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda oʻz qoʻshinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qoʻlga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yoʻl olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq boʻlgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri boʻldi. Taxminlarga koʻra, yuechshilar Baqtriyani qoʻlga kiritgandan soʻng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. Oʻrta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi boʻldi. Bu davr O`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. Soʻgʻd va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. Hirot, Marv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari boʻyicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining oʻzaro sintezi sodir boʻldi. 22 Buxoro san'at obidalari. Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O'zbekistonning ilk poytaxti. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar rayoni (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 290000 (2019). Aholisining katta qismini o'zbeklar tashkil etadi. Oliy ta‘lim muassasalari: "Buxoro davlat universiteti", " Buxoro muhandislik-texnologiya instituti".Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga oid xitoy manbalarida Buxoro shahri Nyumi tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid solnomalarida Buxoro shahri An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo) shakllarida qayd etib oʻtilgan. Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi. Arab qadimiy manbalarda u Bumiskat, Madinat us-sufriya (Mis shahar), Numijkat (soʻgʻdcha numij yoki namich degani mashhur degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy mualliflarning fikricha, shaharning nomi Buxor, yaʼni "Sanamlar turgan ibodatxona" maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan.Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha, Buxoro nomi mintaqaning eng asosiy buddaviylik ibodatxonasi vixara yoki ana shu vixaraning sug'diy transkripsiyasi boʻlmish buxoro (ibodatxona) soʻzidan kelib chiqqan. Ammo buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham, umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas.Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).[Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi. Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan. X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida oʻz aksini topgan mahalliy mifologik anʼanalar shaharning qadimiy qismi — Ark qalʼasiga asos solinishi qahramonlik eposlari bahodirlari Siyovush yoki Afrosiyob, yaʼni Alp Er Toʻngaga bogʻlab, shu tariqa olis-olis zamonlarga mansub tarzda rivoyat qilinadi. Biroq, vohadagi Vardonze, Romitan, Varaxsha kabi istehkomlar va Poykenddek bir tijorat shahri — Buxoro shahridan ham qadimiyroq, deb hisoblab kelinadi. Buxorodan topilgan tangalar bu yerda savdo-tijorat aloqalari va tovar-pul munosabatlari taraqqiy etganidan guvohlik beradi. Tangalarga qarab, bu yerda hukm surgan sulolalar almashinuvi, hukmdorlar ismlari, unvon-martabalar nomlanishi, sulola alomatlari — tamgʻa va boshqa tasvirlari oʻzgarib borishini aniq-tiniq kuzatish mumkin. Biroq shahar hududida Salavkiylar hukmdori Yevtidemning dirhamlariga taqlidan zarb etilgan xazina 1937-yili topilgan xolos. 23 Samarqand san'at obidalari. Samarqandning Registon maydonida ikki yilda bir marta o’tkaziladigan “Sharq taronalari” musiqiy festivaliga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar nafaqat Samarqand shahri, balki viloyatning Pastdarg’om, Payariq, Jomboy, Urgut, Toyloq, Samarqand kabi tumanlariga ham kelib, hududlarning o’ziga xos jihatlari bilan tanishish baxtiga musharraf bo’lmoqdalar.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o’tgan yil aprel oyida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida takrorlanmas tarixiy, madaniy, me’moriy meros ob’ektlari bilan turistlarni keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmini jonlantirish, umuman, qadimiy zaminning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qator ko’rsatmalar berilgan edi. Shundan kelib chiqib, ayni paytda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatida ziyorat turizmini amalga oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Hududda 1105 ta arxeologik, 670 ta me’moriy, 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental, 21 memorial toifaga kiruvchi jami 1851 moddiy-madaniy meros ob’ekti mavjudligi bu boradagi imkoniyatlar nechog’lik yuqoriligi ko’rsatadi. Ziyoratchi sayyohlarga Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli (Sherdor, Tillakori, Mirzo Ulug’bek madrasalari), Bibixonim va Xazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Xo’ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir devonbegi kompleksi, Xo’ja Ahror Valiy masjidi, Urgut tumanidagi G’avsul A’zam, Xo’ja Omon, Chor Chinor ziyoratgohlari, Payariq tumanidagi Imom Al Buxoriy majmuasi, Nurobod tumanidagi Xazrati Dovud ziyoratgohlari yo’nalishlari bo’yicha xizmat ko’rsatiladi. Barcha ziyoratgohlarda o’rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali jamoat tartibi nazoratga olingan, sayyohlar va mehmonlarning kirish chiqish jarayonlari bevosita turoperatorlar hamda ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida amalga oshirilmoqda.Shuningdek, yangi marshrutlarga O’zbekiston tarixi, Afrosiyob, O’lkashunoslik muzeylari, Paxtachi tumanidagi Dobusiya shahristoni, Payariq tumanidagi Chelak-Ko’ktepa tarixiy yodgorligi, Maxdumi A’zam ziyoratgohi va boshqa ziyoratgohlar kiritilgan. Samarqand viloyatidagi muzeylar faoliyatini yanada kengaytirish, ularning xorijiy mamlakatlar muzeylari bilan, jumladan, ilmiy-tadqiqot yo’nalishida hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yaponiya, Frantsiya va Janubiy Koreyaning arxeologik institutilari va muzeylari mutaxassislari bilan aloqalar o’rnatilgan. Xususan, Afrosiyob muzeyining “Elchilar xonasi”dagi devoriy suratlarni bosqichma-bosqich asl holatiga keltirish ishlari olib borilayotgan bo’lsa, ko’hna Afrosiyob tepaligida joylashgan So’g’diyona (qadimdagi Maroqand yoki Afrosiyob) shahrining eski ko’rinishi aks ettirilgan 3D treki sayyohlarga namoyish etilmoqda. Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo’riqxonasi hamda O’zFA Arxeologiya instituti tomonidan Samarqanddagi madaniy-tarixiy obidalar to’g’risida tarixiy manba va ma’lumotlar joylashtirilgan broshyuralar va bukletlar tayyorlanayapti.Bundan tashqari, viloyatdagi 37 ta diqqatga sazovor joy, 18 ta monumental maskanda 120 dan ortiq madaniyat xodimi faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular mehmonlarga tarixiy ob’ektlar haqida ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirishadi. Mavsumda har kuni 100 dan ortiq mehmonxonalarda mahalliy va xorijiy sayyohlarlarga xizmat ko’rsatilib, shahar markazi, shuningdek, tutash hududlardagi 30 dan ziyod restoranlarda milliy, koreys, rus va evropa taomlari tayyorlanib, ko’ngilochar tadbirlar tashkil qilinmoqda. Mehmonlarning ushbu maskanlarda bo’lishi viloyat hokimligi huzuridagi Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularni o’tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish bo’yicha mas’ul komissiyasi tomonidan muhofazalangan. Samarqand shahrida turistik mavsumda ziyoratchilar va sayyohlar oqimining ko’pliginini inobatga olib, “O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan qo’shimcha reyslarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritilgan. Bundan tashqari, shahar xalqaro aeroportida engil konstruktsiyali markaz loyihasi asosida turistlarga xizmat ko’rsatuvchi Axborot markazlari tashkil etilgan. Bu erda istagan kishi turistik ob’ektlar tushirilgan xaritalar, mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi turli tarqatma materiallar bilan tanishishi mumkin. Download 166.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling