Muomala madaniyatining milliy xususiyatlari


Download 166.51 Kb.
bet16/21
Sana31.03.2023
Hajmi166.51 Kb.
#1314556
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-30

25 Xorazm san'at obidalari.

Xorazm (arabcha: خوارزم) — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimiy davlat va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).


Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy hudud fanda 2 xil: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Behistun kitoblari, qadimiy yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va hokazo) hamda ilk oʻrta asrlarning arab geograflari asarlarida mavjud.„Xorazm“ nomi(toponimi) Avestoda Xvarizem,qadim forschada Xvarazmish, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tiliga olinadi.„Xorazm“ nomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.P. Tolstov „Xorazm“ nomi talqinlari orasida „Quyoshli oʻlka“, „Quyoshli yer“ deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni „Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani“, „quyosh (xalqi) zamini“ deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" „maʼqul“, var (vara) — „devor“, „marza“, „fob“, „qalʼa“, „qoʻra“ degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — „zamin“, „hudud“, „diyor“, „mamlakat“ kabi maʼnolarni anglatgan.Xorazm nomi „oziqlanadigan zamin“, boshqasiga koʻra „past zamin“ degan maʼnoni anglatgan.Avestoning „Yasht“ qismida Xorazm „Ming irmoqli daryo“, „Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka“ sifatida madh etiladi. Qadimiy Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida behisob sersuv oʻzanlar, shimoliy va shimoliy sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan boʻsh qolgan katta-kichik daryo jilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosildor yerlar joylashgan.Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX—VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).


Download 166.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling