5 avgust — O‘zbekiston xalq yozuvchisi o‘tkir hoshimov tug‘ilgan kun
Download 132.05 Kb.
|
5 AVGUST
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONALARNING BIZ TUSHUNMAYDIGAN, BIZNING O’LCHOVIMIZGA SIG’MAYDIGAN O’Z OLAMI BOR “Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar
5 AVGUST — O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOV TUG‘ILGAN KUN Qissa haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”. ONALARNING BIZ TUSHUNMAYDIGAN, BIZNING O’LCHOVIMIZGA SIG’MAYDIGAN O’Z OLAMI BOR “Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir. Biz qachon kitobni sevib o’qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo’lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo’la olsakkina. Shu nuqtai nazarda O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o’quvchilar qalbidan chuqur o’rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”. Quyida “Dunyoning ishlari” asaridan ko’pchiligimizga qadrdon bo’lgan parchalarni keltiramiz. * * *
Yulduzlar to’la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug’ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. * * *
— Volidai mehriboningiz xo’p yarlaqagan odam ekanlar. To’shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o’lim har kimga ham nasib etavermaydi. Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech narsani talashmasdi. Ehtimol tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o’tirishni xohlamagandir. * * * Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas. * * *
Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. * * *
Haqiqat havoga o’xshaydi. Nafas olib turasizu o’zini ko’rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan. * * *
— Nimaga birovning bolasi bo’lar ekan! – to’satdan onamning jahli chiqib ketdi. – Yig’lab turgan bolaning begonasi bo’ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig’lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi? Indamadim. Ammo baribir o’shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo’q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o’lchovimizga sig’maydigan o’z olami borga o’xshaydi. * * * Har kim har kimning ko’ziga cho’p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o’z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir. * * * Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go’dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir. * * * Oq marmar, qora marmar… Bu so’zlarning har bitta harfiga qanchadan qancha ko’zyoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda eng rost so’zlaridir. Faqat… har gal ularni o’qiganda bir narsani o’ylayman: mana shu so’zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan? * * * Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo’lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi. * * * Bahor devorining oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo’ng’iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg’aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo’lsa ajab emas… Download 132.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling