Muomala psixologiyasi


Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar


Download 191.49 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi191.49 Kb.
#1355841
1   2   3   4
Bog'liq
Islyamova Rozaxon

Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar,
his-kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, hiskechinmalarni
axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi siftida talqin etish mumkin.
Ammo insonlararokommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas.
Ch unki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki
shakllantiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi.
Muloqot jarayonida kommunikator
(axborot yuborayotgan kishi) va retsipiyent (axborot qabul qilayotgan
kishi) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo'lishi
kerak. Yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon
ishtirokchilariga bir-birini tushunish imkonini beradi.
Muloqotning interaktiv tomonibirgalikdagi
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining
bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar
birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta,
bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir
birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi.
Birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli
qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi
tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqotning perseptiv - tomoni kishini kishi tomonidan idrok
qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunibolish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini

Download 191.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling