Muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda O‘r qht, 2016-y


Download 81.66 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi81.66 Kb.
#1055395
1   2
Bog'liq
414 03.09.1999

TARTIBI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi. Mustaqil ravishda xo‘jalik hisobi faoliyatini yurituvchi, maxsus kelishib olingan tadbirlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar oluvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar va tashkilotlarga nisbatan mazkur Tartibni qo‘llash xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ning mazkur tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mexanizmini soddalashtirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarning mablag‘larni sarflashlari ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni ularning faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
II. XARAJATLARNI DAVLAT BUDJETIDAN MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga moliyaviy yilning 10-martidan kechikmay taqdim etadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1-apreligacha amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtiradi (to‘laydi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari).
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona g‘azna hisob raqamida, shuningdek budjet tizimi budjetlarining darajalari bo‘yicha tegishli g‘azna hisobvarag‘ida birinchi va ikkinchi guruhlar bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag‘lar mavjud bo‘lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to‘rtinchi guruhlar bo‘yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to‘lashda) yangi moliya yilida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar budjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig‘i summasiga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag‘lar Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi bo‘yicha) budjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari bo‘yicha — talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi (xalq ta’limi muassasa va tashkilotlaridan tashqari):
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
50 foizi — tegishli budjet daromadiga;
50 foizi — Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi bo‘yicha)budjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari bo‘yicha — talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining mol-mulkini, jumladan asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lar universitet va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida 100 foiz qoladi va ular tomonidan mustaqil ravishda tasarruf qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
III. BUDJET TAShKILOTLARI TOMONIDAN DAVLAT BUDJETIDAN OLINGAN MABLAG‘LARNING SARFLANIShI
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 805-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/805/2013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo‘lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yilida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ularning paydo bo‘lishi navbatiga ko‘ra har qaysi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
IV. BUDJET TAShKILOTINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASINI ShAKLLANTIRISh VA UNING MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
26. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari faqat:
Oldingi tahrirga qarang.
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar mazkur Tartibda belgilangan doirada va shartlarda to‘langan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori bundan mustasno):
(29-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, sog‘liqni saqlash va suv xo‘jaligi budjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida hamda davlat teatrlarida kamida 50 foizi) moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
ko‘pi bilan 25 foizi (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi sog‘liqni saqlash va suv xo‘jaligi budjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida hamda davlat teatrlarida kamida 50 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda) budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan idoraviy mansub tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga o‘tkazilganidan so‘ng qolgan mablag‘larning kamida 75 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga hamda ko‘pi bilan 25 foizi budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko‘rsatilgan homiylik mablag‘larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‘zgacha hol kelishilmagan bo‘lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar ushbu qarorlarda nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu band xalq ta’limi hamda madaniyat muassasa va tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(29-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
V. BUDJETDAN AJRATILADIGAN MABLAG‘LARNI VA BUDJETDAN TAShQARI MABLAG‘LARNI HISOBGA OLISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Budjet tashkilotlari belgilangan tartibda hisobga turadilar va bunda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga moliya va statistika hisoboti taqdim etadilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. BUDJET TAShKILOTLARI XARAJATLARI IJROSINI NAZORAT QILISh
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Budjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari va hududiy moliya organlari, shuningdek vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan qonunchilik bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan rejalashtirish, moliyalashtirish (to‘lash), tegishli tashkilot tomonidan budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash;
kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq budjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish;
budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati bo‘yicha davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish;
jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
VII. BUDJET TAShKILOTLARI RAHBARLARI VA MOLIYA ORGANLARI VAKOLATLI XODIMLARINING JAVOBGARLIGI
Budjet tashkilotlarining shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Budjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
38. Budjet tashkilotlarining rahbarlari budjet, mehnat, ma’muriy, jinoyat qonunchiligiga muvofiq budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tejab qolingan budjet mablag‘lari summasining noto‘g‘ri aniqlanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
381. O‘z bo‘linmalari uchun markazlashtirilgan xaridni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari rahbarlari davlat xaridlarini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)


(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 22-24-son, 159-modda; 2002-y., 24-son, 200-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 51-son, 380-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2007-y., 29-30-son, 306-modda, 52-son, 534-modda; 2009-y., 24-son, 270-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda, 14-son, 137-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 52-son, 587-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 09.10.2018-y., 09/18/805/2013-son; 02.02.2019-y., 09/19/79/2560-son, 23.04.2019-y., 09/19/344/3005-son; 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son; 16.01.2020-y., 09/20/26/0056-son, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son, 17.12.2021-y., 09/21/756/1171-son, 12.01.2022-y., 09/22/19/0013-son, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)

Download 81.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling