Mavzu: Tibbiyot xodimlarining fuqaroviy-huquqiy javobgarligi xususiyatini, jumladan moddiy va ma’naviy zarar tushunchasi, ularni qoplash tartibi, xususiyatlari va shartlarini o’rganish. 602 A – guruh talabasi Xudoyberganova Nasiba Reja: - Fuqarolik huquqi haqida qisqacha tushuncha
- Zarar va uning moddiy va ma’naviy turlari
- Yetkazilgan zararni to’lash
- Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga kelish shartlari
- Zararni qoplash bo’yicha shartnoma muddatlari
- Ma’naviy zararni qoplash
- “Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to’g’risi”dagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni haqida
Fuqarolik huquqi haqida qisqacha tushuncha Fuqarolik huquqi - Jismoniy va yuridik shaxlarning mulkiy va u bilan bog’liq bo’lgan va ayrim hollarda mulkiy munosabatlarga bog’liq bo’lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimi . Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti – jismoniy shaxslar ( O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasi , Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. ) va yuridik shaxslar ( tashkilot, muassasa , korxona va h.k. ) va fuqarolik subyekti maqomiga ega bo’lgan davlat va ma’muriy –hududiy tuzilmalar bo’lishi mumkin. - 81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. 11-modda. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi: - huquqni tan olish;
- huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
- bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
- davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
- shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;
- burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
- zararni to‘lash;
- neustoyka undirish;
- ma’naviy ziyonni qoplash;
- huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;
- davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |