Mavzu: Tibbiyot xodimlarining fuqaroviy-huquqiy javobgarligi xususiyatini, jumladan moddiy va ma’naviy zarar tushunchasi, ularni qoplash tartibi, xususiyatlari va shartlarini o’rganish


-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar


Download 1.33 Mb.
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1002274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3.mavzu

1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar

  • Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.
  • Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
  • Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risida to‘liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim.

1019-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari

  • Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan bo‘lsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o‘n yil mobaynida qoplanishi lozim.
  • Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlardan tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim, agar:
  • qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa;
  • tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur bo‘lgan harakatlarni qilishi to‘g‘risida va ko‘rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida ogohlantirilmagan bo‘lsa

1020-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish asoslari

  • Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yoki iste’molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalarni buzishi oqibatida yetkazilganligini isbotlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling