Mavzu: Tibbiyot xodimlarining fuqaroviy-huquqiy javobgarligi xususiyatini, jumladan moddiy va ma’naviy zarar tushunchasi, ularni qoplash tartibi, xususiyatlari va shartlarini o’rganish


Zararni qoplash bo’yicha da’vo muddati


Download 1.33 Mb.
bet7/9
Sana14.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1002274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3.mavzu

Zararni qoplash bo’yicha da’vo muddati

  • 149-modda. Da’vo muddati tushunchasi
  • Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdi.

  • 150-modda. Umumiy da’vo muddati
  • Umumiy da’vo muddati — uch yil.

  • 54-modda. Da’vo muddatining o‘ta boshlashi
  • Da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
  • Muayyan ijro muddatiga ega bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati ijro muddati tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.
  • Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati kreditorda majburiyatni bajarish to‘g‘risida talab qo‘yish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan o‘ta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, da’vo muddati imtiyozli muddat tamom bo‘lganidan keyin hisoblana boshlaydi.
  • Regress majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan o‘ta boshlaydi.

Ma’naviy zarar

  • Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
  • Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
  • zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;
  • zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan bo‘lsa;
  • zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling