Tibbiy xodimlarning kasb vazifalarini lozim darajada bajarmagan holatlarida qo’llaniladigan va nisbatan keng tarqalgan fuqaroviy-huquqiy munosabati shakli bu zararni qoplashdir. Zarar o’z navbatida haqiqiy zarar (huquqi buzilgan shaxsning buzulgan huquqini tiklash uchun qilingan yoki qilinishi bo’lgan harajatlari, uning mol-mulki yo’qolishi va shikastlanishini anglatadi.) va boy berilgan foyda ( bemor ololmay qolgan ish haqi yoki boshqa daromadlar )ga farqlanadi. Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga kelish shartlari: - Zarar yetkazganlik fakti;
- Zarar yetkazgan shaxs harakatining g’ayriqonuniyligi ( harakat yoki harakatsizligi);
- Zarar yetkazgan shaxsning g’ayriqonuniy harakati va vujudga kelgan zarar o’rtasida sababiy bog’liqlikning mavjudligi;
- Zarar yetkazgan shaxsning aybining mavjudligi.
Sog’liqqa zarar yetkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda : qasddan ( vrach zarar etishni istaydi va vujudga kelishiga imkon beradi ) va ehtiyotsizlik orqasidan ( zarar vrachning beparvoligi, o’z o’ziga o’ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo’ladi. Uch holat mavjud bo’lgan tibbiy xodim aybsiz deb topiladi: - Favqulotda holatlar yoki yengib bo’lmas kuch ta’siri bo’lganligi isbotlansa;
- Agarda zarar bemorning iltimosi yoki uning roziligi bilan yetkazilgan bo’lsa;
- Bemor tomonidan qo’pol ko’rinishdagi ehtiyotsizlikka, vrach tomonidan belgilangan talablarning buzilishiga yo’l qo’yilganligi isbotlana.
985-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari - G‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
- Qonunda zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
- Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni to‘lashdan tashqari tovon to‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin.
- Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo‘lmagan taqdirda ham zararni to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
- Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozim.
- Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan bo‘lsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni to‘lash rad etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |