Muqaddima


 Maydalash mashinalarining tasnifi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Bog'liq
pdf

3.5. Maydalash mashinalarining tasnifi 
 va ularning ishlash ihlash tartibi 
Rudalarni maydalash amalga oshiriladigan apparatlar maydalagichlar deyiladi. 
Bu apparatlar bo‘linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi va mineral 
agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-zarba, asta-sekin 
kuch quyish - ezish va parchalash, abraziv bo‘linish - ishqalanish va boshqalar 
bilan bir-biridan farq qiladi. 
Bo‘linish (uzilish) ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida 
aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-ilgarilama 
harakatlanuvchi plitalar; bolg’achalar; ruda bo‘laklarini irg’ituvchi va ularni 
qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va x.k. 
Rudaning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo‘laklarning kattaligi va boshqa 
xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning biron-bir samaraliroq usuli 
tanlanadi. 
Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi: 
- jag’li maydalagichlar - mahsulotni maydalash davriy ravishda qo‘zg’aluvchi va 
qo‘zg’almas, tekis yoki botiq chiziqli yuz orasida sodir bo‘ladi; 
- konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birini ichida 
ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalaniladi
- valokli maydalagichlar - mahsulot ikkita bir-biriga qarama-qarshi 
harakatlanuvchi silliq yoki tishli tsilindrik valoklar orasida ezilib maydalaniladi; 
- zarbli maydalagichlar - ruda bo‘laklar katta tezlik bilan harakatlanuvchi maxsus 
detallar, masalan, bolg’achalar zarbi ta’sirida maydalanadi. 
Masalan, agar ruda mustahkam bo‘lsa, uni maydalashning eng qulay usuli ezish 
yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo‘laklarida ko‘p darzlar bo‘lib, u murt bo‘lsa uni 


39 
zarba ostida maydalash afzalroq, biroq rudaning qovushqoqligi yuqori bo‘lsa, 
zarba ta’sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi. 
Odatda maydalashning quruq usuli qo‘llaniladi. Agar ruda tarkibida loy bo‘lsa, 
(masalan, marganetsli, qo‘ng’ir temir toshli ruda), ho‘l usulda maydalanadi. 
Maydalash usulini tanlash rudaning qimmati va maydalangan mahsulot sifatiga 
qo‘yiladigan talablarga ham bog’liq. Masalan, agar ruda mo‘rt bo‘lsa va 
qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji boricha o‘ta 
yanchiluvchanlikka, va tsianlanishga olib keluvchi ishqalanishning oldini olish 
kerak. 
Rangli va qora metallar rudalarini yirik, o‘rta va mayda maydalashda yuqori 
mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar ishlatiladi. 
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega jinslarni yirik, o‘rtacha va mayda 
maydalashni ezish printsipi bo‘yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) 
maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. Yumshoq va mo‘rt jinslarni 
yirik maydalash parchalash printsipi bo‘yicha ishlovchi (masalan, tishli valokli) 
maydalagichlarda, ularni o‘rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida ishlovchi 
(masalan, bolg’achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling