Yuk tashish shartnomasi
Download 18.9 Kb.
|
diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARTNOMA PREDMETI
YUK TASHISH SHARTNOMASI
Avtotransport korxonasi nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Tashuvchi” deb yuritiladi) nomidan Avtotransport korxonasi vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Avtotransport korxonasi nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si bir tomondan va Yuk jo‘natuvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Joʻnatuvchi” deb yuritiladi) nomidan Yuk jo‘natuvchi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Yuk jo‘natuvchi taraf nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar: SHARTNOMA PREDMETI 1.1. Tashuvchi unga Joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan, ushbu shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan yukni, ushbu shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan joyga eltib koʻyish va ushbu shartnomaning 1.4-bandida koʻrsatilgan, uning yukni olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsiga berish majburiyatini oladi, Joʻnatuvchi esa yukni tashiganlik uchun ushbu shartnomaning 3-bandida belgilangan yoʻl (kira) haqini toʻlash majburiyatini oladi. 1.2. Ushbu shartnomada yuk deganda, keyingi oʻrinlarda “yuk” deb yuritiladigan Tashilayotgan yukning nomitushuniladi. Yukning umumiy massasi Tashilayotgan yukning og‘irligini tashkil etadi. 1.3. Ushbu shartnoma boʻyicha yuk yetkaziluvchi joy, keyingi oʻrinlarda “tayinlangan joy” deb yuritiladigan Yuk tashuvchi tomonidan yukni yetkazib berish joyi dir. 1.4. Yukni olish vakolatiga ega shaxs, keyingi oʻrinlarda “Oluvchi” deb yuritiladigan Yukni olish vakolatiga ega shaxs lavozimi va F.I.O.sidir. Oluvchining vakolatlari Joʻnatuvchi tomonidan Tashuvchiga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: Yukni oluvchi shaxsning yukni olishini tasdiqlovchi hujjatlari 1.5. Yukni berish joyi, keyingi oʻrinlarda “berish joyi” deb yuritiladigan Yuk tashuvchi tomonidan tashilishi lozim bo‘lgan yuklarni qabul qilib olish joyi dir. Download 18.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling