Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar
1.Yanchish deb nimaga aytiladi? 2.Rudalarning yanchiluvchanligi nimalarga bog`liq? 3.Barabanli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 4. Barabanning kritik aylanish tezligi deb nimaga aytiladi? 5. Sharli tegirmonlar ishlab chiqarish unumdorligi nimaga bog`liq? 6.Sterjenli tegirmonlar qanday tuzilishga va ishlash tartibiga ega? 7.O‘z-o‘zini yanchuvchi barabanli tegirmonlarboshqa tegirmonlardan nima bilan farqlanadi? 64 V BOB. KLASSIFIKATSIYA JARAYONI Mineral zarrachalarning suvda va havoda tushish tezligiga kqrab sinflarga ajratishga klassifikatsiya deyiladi. Klassifikatsiya suvda olib borilsa gidravlik klassifikatsiya, havoda olib borilsa pnevmatik klassifikatsiya deyiladi. Gidravlik klassifikatsiyadan maqsad xuddi elash kabi ma’lum yiriklikka ega zarrachalar sinfini ajratish. Birok elashdan tubdan farq qilib, klassifikatsiya jarayonida sinflar yirikligiga qarab emas, balki "teng tushuvchi" sinflarga ajratiladi. Gidravlik klassifikatsiya natijasida olinayotgan har qaysi sinf bir vaqtning o‘zida suvda bir xil tushish tezligiga ega engil minerallarning yirik zarrachalarini va og’ir minerallarning mayda zarrachalarini saqlashi mumkin. Gidravlik klassifikatsiya mustaqil, tayyorlovchi va yordamchi jarayon bo‘lishi mumkin. Mustaqil jarayon sifatida gidravlik klassifikatsiya marganetsli, volframli va h.k. rudalarni dezintegratsiyalangandan keyin donali mahsulotdan loy va balchiqlarni yuvish uchun ishlatiladi. Tayyorlash klassifikatsiyasi mahsulotlarni alohida-alohida sinflarga ajratib, alohida boyitish uchun (masalan, gravitatsion usulda) qo‘llaniladi. Klassifikatsiya yordamchi jarayon sifatida yanchish sxemalarida hali yanchilib ulgurilmagan mahsulotni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Gidravlikklassifikatsiyaga kelib tushuvchi mahsulotning yirikligi 3-4 mm dan oshmasligi kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling