Muqaddima
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
4 Kirish Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish unumdorligini rivojlanishi, bugungi demokratik davlatimizda kelajak avlodlar uchun ko‘pgina hollarda mineral hom ashyolarni qazib olish va ularni qayta ishlash ko‘rsatkichlariga bog‘ liq bo‘ladi. Foydali qazilmalar – asosan organiq va noorganiq tabiiy minerallar bo‘lib, hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq xo‘jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotdir. Foydali qazilmalar manbasi konlar, yyerning geologik tasiri natijasida foydali qazilmalarning bir joyga to‘planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon holda bo‘ladi. Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin: - metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun hom ashyo hisoblanadi. - nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish uchun hom ashyo hisoblanadi. - tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun hom ashyo hisoblangan, yoqilg‘i qazilmalari. Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq yo‘qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o‘n million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari ko‘rish imkonini beradi. Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. 5 Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi. Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘jinslaridan iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit), ruxli (sfalerit, smitsonit),qo‘rg‘oshinli (galenit, syerussit) va hokazolar kiradi. Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar kiradi. Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini takidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish uchun puch tog‘ jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini isbotladi. Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning o‘zi kamlik qiladi. Hom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar to‘rini (mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan hom ashyoning barcha komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkib)larini bilish kerak. Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda hom ashyo tarkibidagi barcha komponentlarining o‘zini to‘tishini oldindan aytish, to‘g‘ri 6 ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda hom ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, yani qancha ko‘p qimmatli komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi. Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, yer yuzasida tabiiy ravishda to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy hom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan o‘z vaqtida taminlash hisoblanadi. Ruda konlarini o‘zlashtirish va hom ashyoni boyitish va metallurgik korxonalarga yetkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi, material resurslarni tejab ishlatuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va materiallarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling