Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi


 Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#195691
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
elektr energiyasini ishlab chiqarish muqobil e

5. Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish 

 

       Manbalarda  keltirilishicha,  shamol  tegirmonlari  eramizdan  oldingi  II  asrda 

Eronda don yanchish maqsadida qo'llanila boshlangan. Keyinchalik dunyoda keng 

tarqalgan bunday tegirmonlar XIII  asrdan boshlab Yevropaga kirib borgan. Elektr 

toki  ishlab  chiqarishga  mo'ljallangan  shamol  tegirmonlari  XIX  asrda  Daniyada 

kashf  qilingan  va  u  erda  1890-yilda  dastlabki  shamol  elektrostansiyasi  (ShES) 

bunyod  etilgan.  Zamonaviy,  gorizontal  o'qli  ShESlarning  birinchisi  100  kVt 

quvvatga 

ega 

bo'lib, 


1931-yilda 

Yalta 

shahrida 



qurilgan.  

        Hozirgi vaqtga kelib, ShESlarning qo'llanilish geografiyasi g'arbiy Yevropani 

deyarli  qamrab  olmoqda.  Bu  holga  birlamchi  sabab,  muqobil  elektr  energiyasiga 

bo'lgan zaruriyatning shiddat bilan o'sib borishi bo'lsa, ikkinchi sabab, tabiiy shart-

sharoitdir.  Zero  zamonaviy  ShESlar  3-4  m/s  dan  25  m/s  gacha  bo'lgan  tezlikdagi 

shamol  sharoitida  va  relefi  nisbatan  baland  bo'lmagan  joylarda  optimal  ishlaydi.                       

Ma'lumotlarga  ko'ra,  ShESlarni  ishlab  chiqarish  va  ulardan  foydalanish  bo'yicha 

Germaniya jahonda etakchilik qilmoqda. Mazkur mamlakatda qisqa vaqt davomida 

9000  MVt  dan  ziyod  quvvatli  ShESlar  o'rnatildi  va  bu  jarayon  jadal  davom 

ettirilmoqda.  ShESlarni  ishlab  chiqarish  Germaniya  va  Daniya  mamlakatlari 

eksportining  salmoqli  qismiga  aylandi.  Ayni  vaqtda  Yevropa  mamlakatlari 

sanoatining ShESlar bilan bog'liq tarmoqlarida 60 mingdan ziyod kishi doimiy ish 

bilan 

ta'minlangan.  



        Ba'zi  mamlakatlarda  shamol  energetikasi  sohasini  maqsadli  rivojlantirishga 

yo'naltirilgan  tadbirlarga  e'tibor  qarataylik.  2020-yilga  kelib,  Germaniya  20  foiz 

elektr  energiyasini  ShESlar  yordamida  ishlab  chiqarishni  rejalashtirgan.  Buyuk 

Britaniya,  Norvegiya,  Kanada,  Hindiston,  Yaponiya,  Ispaniya,  Yangi  Zelandiya, 

Misr  kabi  mamlakatlarda  yaqin  kelajakda  shamol  energetikasi  sohasini  maqsadli 

rivojlantirish  bilan  bog'liq  davlat  rejalari  ishlab  chiqilgan.  Xalqaro  Energetika 

Agentligi  (IEA)ning  taxminiga  ko'ra,  2030-yilga  kelib,  sayyoramizda  shamol 

energetikasiga 

bo'lgan 

ehtiyoj 


4800 

gigavattni 

tashkil 

etadi!  


Endi  shamol  energetikasining  ba'zi  iqtisodiy  va  ekologik  afzalliklari  haqida 


 

24 


to'xtalib o'tsak. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxining asosiy qismini 

ShESni  qurishga  sarflangan  dastlabki  xarajatlar  tashkil  etadi.  ShES  minorasining 

poydevori odatda to'laligicha yer ostida bo'ladi. Bu hol o'sha joyda bemalol qishloq 

xo'jaligi  mahsulotlari  etishtirishda  davom  etish  imkonini  beradi.  Shunday  qilib, 

ShESlar uchun ajratilgan er maydonlari ekinlar hosilining salmog'iga deyarli ta'sir 

qilmaydi.  Ekspluatasiya  davomida  ShES  amalda  hech  qanday  yoqilg'i  talab 

etmaydi.  Misol  uchun,  1  MVt  quvvatli  ShES  20  yilda  taxminan  29  ming  tonna 

ko'mir  yoki  92  ming  barrel  neftni  tejash  imkonini  beradi.  Boshqa  energiya  ishlab 

chiqaruvchilardan  farqli  holda  ular  zararli  chiqindilar  bilan  tevarak-atrofni 

ifloslantirmaydi.  1  MVt  quvvatli  bunday  ShES  sayyoramiz  atmosferasiga  har  yili 

chiqarilayotgan  karbonat  angidrid  (CO

2

)  gazini  1800  tonnaga,  sulfat  oksidi  (SO2) 



gazini 

tonnaga, 



azot 

oksidini 

tonnaga 


qisqartiradi.                                                                                                                

Global  Wind  Energy  Council  tashkilotining  hisob-kitoblarga  asoslanib  tarqatgan 

ma'lumotiga  ko'ra,  2050-yilga  kelib  jahon  shamol  energetikasi  atmosferaga 

chiqarilayotgan  CO

2

  gazining  yillik  hajmini  1,5  milliard  tonnaga  qisqartirar  ekan. 



ShESlarning  yana  bir  afzallik  tomoni  shuki,  ular  muayyan  sharoitlarda  qayta 

tiklanmaydigan  boshqa  energiya  manbalari  bilan  raqobatlasha  oladi.  Eng  muhimi, 

ShES  uchun  energiya  manbai  bo'lgan  shamol  tabiatan  bitmas-tuganmasdir.  Zero, 

mutaxassislarning  aniqlashlaricha,  shamol  energiyasi  manbasi  sayyoramizdagi 

barcha  daryolarda  mavjud  suv  energiyasi  manbalaridan  100  marta  ko'pdir.  Yer 

sathidan  7-14  kilometr  balandlikdagi  shamol  oqimlarining  tezligi  er  sathidagidan 

ko'ra  10-15  barobar  yuqori  va  bu  oqimlarning  tezligi  yil  davomida  deyarli 

o'zgarmaydi.  Bu  hol  jahon  shamol  energetikasi  istiqboliga  ishonch  bilan  qarashga 

umid 

uyg'otadi.  



        Albatta,  barcha  sohalar  kabi  shamol  energetikasini  amaliyotga  tadbiq  etish 

bilan  bog'liq  qator  muammolar  mavjud.  Bu  tabiiy  hol.  Zero  muammolarsiz  hech 

bir  soha  shakllanmagan  va  rivojlanmagan.  Birlamchi,  asosiy  muammo  bu 

shamolning beqarorligidir. Bunday beqarorlik shamol yo'nalishi va tezligining tez-

tez o'zgarishida namoyon bo'ladi. Bu esa ShES quvvatining ba'zan salbiy o'zgarishi 

ehtimolini vujudga keltiradi. Bunday holda  ShESlarning nisbatan  lokal tarmog'ida 




 

25 


muayyan  quvvatdagi  energiya  ta'minotini  uzatish  mumkin  bo'lmay  qoladi.  ShES 

tarmog'ining  turg'un  va  barqaror  ishlashini  ta'minlash  maqsadida  akkumulyator 

batareyalaridan  foydalaniladi.  Ular  ShES  ishlab  chiqargan  elektr  energiyasini 

to'playdi va bir maromda iste'molga uzatadi. Ta'minot uzluksiz davom etishi uchun 

bu  batareyalarni  boshqa  energiya  manbalariga  bog'lash  zarurati  mavjud.  Bunday 

manbalar sifatida quyosh batareyalaridan foydalanish mumkin.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

26 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling