Murakkab psixik jarayonlar: tafakkur reja: Tafakkur va uning xususiyatlari
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha
Download 30.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqMURAKKAB PSIXIK JARAYONLAR Psixologiya
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan. Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. Ya’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani yechishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani yechishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi. Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi. Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. Shaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi. Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik. Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi. Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda. Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi. [406] 1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi.[406] Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi. 1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish) [10]. Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib yetish va uni yengib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. Ya’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional yetuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar yengib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi. Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar: Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling