Murakkab tok zanjirlarini hisoblashning ekvavalent generatori va ustma ustlash usullari


Download 0.73 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1504303
Bog'liq
Amaliy mexanika 1


Fаnning O‘zbekistоn mаshinаsоzligidа tutgаn o‘rni vа rivоjlаnish tаrixi.
0 ‘zbekiston hududida juda qadim zamondan mehnat qurollari va vositalar,
xususan ot-arava, suv tegirmoni, charxipalak (chig‘ir), to ‘quv dastgohlari va hoka-zolardan foydalanib kelingan.
Bular esa mexanika (yunoncha: mechanike -
mashina, qurol, inshoot) fanining rivojlanishi asosida yaratildi va sug‘orish, quri­lish, to ‘quvchilik, kulolchilik, m e’morchilik va boshqa sohalarda qo‘llanildi.
IX-XV asrlarda aka-uka Banu Musolar, Sobiy ibn Qurra, Umar Hayyom, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xaziniy, al-Xoriniy, Ahmad al-Farg‘oniy,
Mirzo Ulug‘bek va boshqalaming asarlarida moddiy jismlaming mexanik harakatihaqidagi ta ’limot va amaliy ishlar yoritilgan.
IX-XI asrlarda 0 ‘rta Osiyo Sharqning ilmiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi, bu yerda akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar tashkil etil-gan. Xomn ar-Rashid hukmronligi davrida (786-809 y.) «Bayt ul-Hikmat» («Do-nishmandlar uyi»)ga asos solindi, halifa M a’mun davrida (813-833y.) buakademiya yanada rivojlandi. 0 ‘rta Osiyolik buyuk olimlar Muso al-Xorazmiy va Muhammad al-Farg‘oniy o ‘z tadqiqotlarini shu akademiyada olib borganlar.
M a’lumki , 0 ‘rta Osiyo olimlari tomonidan ko‘rinishi oddiy, tuzilishi sodda mexanizmlar yaratilgan. Abdul Abbos Ahmad ibn Muhammad Qasir al-Farg‘oniy tomonidan mexanik kalendar, burchaklami o‘lchash asboblari; Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning «Aql mezoni» asarida mexanikadagi od­
diy sistemalar - chig‘irlar, richaglar, bloklar, vintlar vaponalardan tuzilgan mexa- nizmlaming ishlash prinsiplari bayon etilgan. Ibn Sino harakatlanuvchi jismga qo‘yilgan kuch yo‘qolmasligini va harakatga biror qarshilik bo‘lmasa, harakatning cheksiz uzoq vaqt sodir bo‘lishi kerakligini aytgan edi.
Abu Yusuf al-Xorazmiyning (X-asr) «Ilmlaming kaliti» nomli kitobi, Ismoil al-Jazoiming (XII-XITI asr) «Muhandislik mexanikasini bilish» kitobi va Muhammad al-Xurosonning «Suv g‘ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarishni amalga oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar» traktatlari e ’tiborga sazovordir.
0 ‘rta asrlarda ilmiy-texnika taraqqiyotining ilg‘or rayonlari qatoriga Yaqin
Sharq, 0 ‘rta va Janubiy Osiyo mamlakatlari kirgan. X1II-XIV asrlarda ixtiro va
yangilikni yaratilishi G‘arbiy Evropada yildan-yilga oshib borgan. Buning natijasida Evropada nafaqat yetuk texnik xodimlar shakllana boshladi, balki ustolar - harbiy, qurilish, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va hokazo sohalarda mutaxassislar «injener »lar paydo bo‘la boshlaydi. «Injener» so‘zi XIII-XIV asrlarda G‘arbiy Evropa mamlakatlarining tillarida (terminida) paydo bo‘ldi.
«Injener» so‘zi lotincha «ingenium
» (ingenium) so‘zidan kelib chiqib, «tug‘ma qobiliyat» degan birlamchi
ma’noni, keyinroq esa «aql, o‘tkirlik, yaratuvchanlibmi bildiradi. «Injener» so‘zi
XVII-asrda fransuz va nemis tillaridan Rossiyaga kirib keladi.
Mehnat jarayonida qo‘l instrumentlarining assortimenti kengaydi, energiya manbai sifatida hayvon kuchidan (asosan ot), shamol kuchi (IX-X asrlardan), suv kuchidan foydalanish boshlanadi. XIII-XV asrlardan cho‘yan quyish va temir olish o‘rganiladi, transport, kemasozlik rivojlanadi. Bulaming hammasi texnika taraqqiyotiga
asos soladi.
Xl-asrda Urganch shahrida xorazmshoh Abulabbos ibn Ma’mun «Bilimlar
uyi» - «akademiya» tashkil etadi. Bu yerda buyuk mutafakkirlar Ibn Sino, Beruniy va boshqa bir qancha olimlar o‘z izlanishlarini olib borganlar.
Urganchdagi kabi akademiyalar Marv, Buxoro, Xo‘jand va boshqa shaharlarda
ham tashkil etiladi. XV asrda Mirzo Ulug‘bek Samarqandda akademiya tashkil
etadi. Uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va oliy
o‘quv yurti - madrasa bor edi. Ulug‘bek akademiyasida mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy va Ali-Qushchi xizmat qilganlar. Qozizoda Rumiy bilan al-Koshiy Ulug‘bek rasadxonasining qurilishiga rahbarlik qilganlar.
XVI-XVIII
asrlarda ilmga qiziqish kuchaydi, bu davrda kasb-hunar rivojlandi, to‘qimachimlik dastgohlari yasaldi, toLgLon va ko‘priklar qurildi, binolar qad ko‘tardi. Bulami amalga oshirish uchun ma’lum bilimlar talab qilinar edi. Masalan, bino qurish uchun joy tanlash, bino tarxini tuzish, poydevorini hisoblash, gumbazlar shakli chizmasini chizish, matematika, geodeziya, chizmachilikka oid bilimlar talab qilinardi.
0 ‘zbekistondagi birinchi ilmiy muassasa - Toshkent astronomiya va fizika
observatoriyasi 1873-yil tashkil qilingan. 0 ‘lkani ilmiy jihatdan har tomonlama
o‘rganish boshlanadi, buning uchun birin-ketin turli sohadagi ilm o‘choqlari tashkil qilina boshlaydi.
Uyg'onish davrining olimi Leonardo da Vinchi tikuv dastgohlari, bosma va
yog‘ochga ishlov berish mashinalar mexanizmlari konstruksiyasining loyihasini
ishlab chiqqan, richaglar nazariyasi, jismlaming og‘irlik markazini topish,
jismlaming qiya tekislikdagi harakati, kuchlami qo‘shish va ajratish, ishqalanish koeffitsientini aniqlash, zarbalar nazariyasi, jismlar harakati inersiyasiga oid ishlar qildi . Italiyalik olim D. Kardan (1501-1576 y.) soat va tegirmon mexanizmlarining harakatini o‘rgandi. Italiyalik olim Galileo Galiley mayatnikning tebranish qonunini, jismning o‘z og‘irligi ta’sirida harakatlanish qonunini kashf etib mexanikaning dinamikasiga asos soldi.
XVIII asrda Fransiyada Vokanson, Shvetsiyada ota-bola Dro, Rossiyada Kulibin yaratgan mexanizmlar o‘sha davr olimlarining mashinalar barpo etishiga asos bo‘ldi. Kinetik energiyaning o‘zgarishi to ‘g‘risidagi teorema qonunining Iogann
Bemulli (1667-1748) va Daniil Bemulli (1700-1782) lar tomonidan ishlab chiqilishi mexanik sistema dinamikasini rivojlantirdi.

Etiboringiz uchun raxmat !

Yo’ldoshev Og’abek


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling