Murakkablashgan sodda gaplar
Download 37.66 Kb.
|
murakkab sodda gaplar sayda
Ohang va o`rin. Qo`shma gapni tuzishda gaplar ohangi va ularning o`rinlashishi ham alohida ahamiyatga ega.
Ohang sodda gapni biriktirib, bog`lovchisiz qo`shma gap hosil qilishda muhim rol` o`ynaydi: Qo`shni keldi – ko`mak keldi. Bu qo`shma gapni tarkibidagi har qaysi sodda gaplarni alohida olib, tugallangan ohang bilan talaffuz etilsa, bir – biriga aloqasi bo`lmagan ikki mustaqil gap kelib chiqadi. Ohangni o`zgartirish bilan aytish va har ikki jumla orasida maxsus to`xtam berish va ikkinchi gapni pasaytirib boruvchi ohang bilan talaffuz etish natijasida - bu ikki gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib birlashadi. Gaplarni biriktiruvchi grammatik va leksik vositalar qvncha kam bo`lsa yoki bo`lmasa, qo`shma gap tarkibidagi gaplar shunchalik bir – biriga kirishib ketadi, ohangning roli shunchalik ahamiyatli bo`ladi. Shuning uchun ham ohang va o`rinning bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tuzishda katta ahamiyati bor. Ohang bog`lovchisiz qo`shma gaplarning bir turini ikkinchchisidan farqlashda muhim rol` o`ynaydi: Paxta ochildi – uni terib olish kerak.Bu qo`shma gapda payt mazmun munosabati anglashiladi, ya`ni paxta ochilishi bilanoq, uni terish zarurligi ifodalanadi. Agar bu Qo`shmagapni - Paxta ochildi , uni terib olish kerak – shaklida sanash ohangi bilan talaffuz etilsa, sabab va undan kelib chiquvchi natija mazmunini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gap hosil bo`ladi. Ohangning vazifasi bu bilan chegaralanmaydi. Ohang turli yo`l bilan tuzilgan har qanday qo`shma gaplarda bu xil gap qurilmalarini tuzuvchi muhim vositalardan biri bo`lib qoladi. Qo`shma gapni tashkil etgan har bir gap ma`lum tartib bilan joylashadi. Shu o`ringa ko`ra , ma`lum maqsadni, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ma`lum o`rinning o`zgarishi shu qo`shma gapning buzilishiga sabab bo`ladi yoki qo`shma gapning bir turidan ikkinchi turiga o`tib ketishiga sabab bo`ladi: o`n minutcha ham vaqt o`tmagan edi – maydonning narigi boshida biz kutgan odam ko`rindi. Bu qo`shma gapning birinchi qismi ko`rinish harakatining qaysi paytda ro`y berganini bildiradi. Bu bog`lovchisiz qo`shma gapning tarkibidagi gaplarning o`rnini almashtirib ko`raylik: Maydonning narigi boshida biz kutgan odam ko`rindi - o`n minutcha ham vaqt o`tmagan edi. Bu holatda o`rin almashishi bilan qo`shma gap buziladi, ikkita alohida gap hosil bo`ladi. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi qismlarning o`rnini o`zgartirish bilan bir mazmunli qo`shma gapdan ikkinchi bir mazmunli qo`shma gap kelib chiqishi mumkin: Ahmadjon pulemyotdan bir sidra o`q yog`dirdi, dushman pulemyoti jim bo`lib qoldi. Bu qo`shma gapda dushman pulemyotining jim bo`lishiga Ahmadjonning o`q yog`dirishi sabab bo`layotir. Agar bu jumlalarning o`rnini almashtirsak, shu ma`noning aksi bo`lib chiqadi: Dushman pulemyoti jim bo`lib qoldi, Ahmadjon bir sidra o`q yog`dirdi. Yuqoridagi qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o`rnini almashtirish bilan sabab natijaga, natija sababga aylanadi. Download 37.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling