MUROD MANSUROV IJODIDA HIKOYA JANRINING O'ZIGA XOSLIGI
MUNDARIJA:
KIRISH.........................................................................................................2
I BOB. HIKOYA JANRINING O'ZIGA XOSLIGI.................................5
1.1. Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilar..............................5
1.2. Murodjon Mansurov ijodida hikoya janri...............................................7
II BOB. MUROD MANSUR. JUDOLIK DIYORI (1-KITOB)
2.1. JUDOLIK DIYORI Birinchi bo‘lim.......................................................24
2.2. Oydinda uchgan turnalar hikoyasi...........................................................27
XULOSA........................................................................................................32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O'zbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarni asosiy bo'g'inini tashkil etadi. Hikoya janri azal-azaldan didaktik ma'no kasb etib, insonlarga ma'naviy ozuqa berish va ularni yaxshiliklarga yetaklash uchun xizmat qilib kelgan. Shu sabab, hikoya janri badiiy adabiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada muallif hikoyalarning davr xususiyati va ulardagi qahramonlar masalasiga batafsil to'xtalib o'tadi.
Hikoya—badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an'analarga ega. O'tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo'lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qo'shgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), Ogenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho'lpon (o'zbek) hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham ataladi. O'zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |