Murod mansurov ijodida hikoya janrining o'ziga xosligi mundarija: kirish I bob. Hikoya janrining o'ziga xosligi


Murodjon Mansurov ijodida hikoya janri


Download 126 Kb.
bet4/8
Sana10.03.2023
Hajmi126 Kb.
#1257075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUROD MANSUROV IJODIDA HIKOYA JANRINING O\'ZIGA XOSLIGI

1.2. Murodjon Mansurov ijodida hikoya janri
Hikoyada norg'ul va baqquvat bir yigitning quyuq o'rmonzordan qalin bir zanjirda maymunni yetaklab chiqayotgani tasvirlangan bo'lsa, asarning ma'lum bir nuqtasiga borganda keksa, mung'ayib qolgan cholni maymun yetaklab o'rmon sari ketayotgan tasviri inson umrining ifodasi yoki ma'lum bir jamiyat taraqqiyotiga butun kuch quvvatini sarflagan inson qismati o'z aksini topgan. Asar talaba yigit tilidan bayon etilgan bo'lib, rassom cholning og'ir hayotini ko'z o'ngimizda gavdalantiradi: "Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshikdan ichkariga kirdim: chol katta ayvonda savat kursida o'tirgancha oldidagi suratromga egilib olgandi. Cholning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab ketilgan maydonday quvillab yotardi. Ustin va romlar chirigan, umuman hovildan chirkin va badbo'y hid kelardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog'ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kelayotgan edi: shaltoq hid asta axlat solinadigan unduqdan kelardi. Hiddan ko'nglim ayniganday bo'lib chol o'tirgan ayvonga yo'l oldim".Bu tasvirlardan cholning og'ir hayoti bilan bir qatorda, e'tiborsizligi, o'z iztiroblari iskanjasida hayot kechirayotganligi ko'rinadi. Ammo uy ustunlarning chirishi ramziy ma'noda bo'lib, o'sha davr muhiti, yoki jamiyatning o'zgarishi haqidagi turfa xil qarashlarni ilgari surishga imkon beradi. Uning aksariyat rasmlarida qora rang yetakchilik qilar, buning sababini esa anglab yetolmasdi. Rassom chol dunyo san'atidan xabardor, xuddi uzoq yillar ijod bilan shug'ullangandek taasurot uyg'otadi: "Ayvon uzun bo'lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandek terib qo'yilgan, to'g'rirog'i, bor-yo'g'i qirqqa yaqin surat va eskizlar "1957", "1937", "1928", "1926" va hakazo tartibda terib qo'yilgan edi". Suratlarni ramziy ma'noda nomlanishni o'zidayoq rassom cholning hayoti, umr lahzalarining ma'lum bir davri mujassamlashgandek taassurot uyg'otadi. Bu asar ham istiqlol arafasida yaratilgan bo'lsa-da, badiiyatimizdagi ilk o'zgarishlarni bu hikoya misolida isbotlash mumkin.
Murodjon Mansurov toshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan. O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Shundan so‘ng o‘sha gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan. 2
Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II-III kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma’lum ma’noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma’rifat, ma’naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi. Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi. «Judolik diyori» (2001-2003) esa hali ko‘p bahslarga yo‘l ochsa ajab emas. Yozuvchi 2014 yili Toshkent shahrida vafot etgan.
Murodjon Mansurov toshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan. O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Shundan so‘ng o‘sha gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II-III kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma’lum ma’noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma’rifat, ma’naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling