Murojaat etuvchi
Download 286.46 Kb. Pdf ko'rish
|
hgggjj
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — YHXBB) tomonidan avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: murojaat etuvchi — avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etgan tadbirkorlik subyekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa — mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs); avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish; avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda — ruxsatnoma) — avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi bo‘yicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat; avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) — tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat; avtomototransport vositasining (qismining) tarkibiy qismlari va uni jihozlash predmetlari — avtomototransport vositasining konstruksiyasiga o‘rnatiladigan va foydalaniladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar; Download 286.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling