Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi. Sonning darajalarini hisoblash


Download 26.75 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi26.75 Kb.
#1720016
  1   2
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu; Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi. Sonning darajalarini hisoblash. Sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari. Grafiklarni hosil qilish; amallar bajarish.
Reja:

  1. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi. Sonning darajalarini hisoblash.

  2. Sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari.




  1. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi. Sonning darajalarini hisoblash.

Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchaga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
1-mashq. a sonini 9 - darajasigacha hisoblash.
Bajarish:

  • to‘qqizta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz;

  • ikkinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini hisoblash” matni yoziladi;

  • A ustunga a sonining qiymatlari kiritiladi;

MS Excelning Вставка - вставка формулу ketma-ketligini tanlab a ning quyidagi qiymatlarini yozamiz,




  • B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi;

  • B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:


  1. Sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari.

Bizdan y=8x+22 funksiyaning grafigini [-5;5] oraliqda 1 qadam bilan hosil qilish so’ralgan bo’lsin, dastlab ishni erkli o’zgaruvchi ya’ni x uchun va erksiz o’zgaruvchi y uchun qiymatlarni yozib chiqamiz.



X=

-5

-4

-3

-2

-1

0

1

2

3

4

5

Y=


































1-jadval y=8x+22 funksiyaning erkli o’zgaruvchi qiymatlari

Y ning qiymatlarini topish uchun funksiyaga x ning mos qiymatlarini qo’yib tenglamani hisoblab chiqamiz.

X=

-5

-4

-3

-2

-1

0

1

2

3

4

5

Y=

-18

-10

-2

6

14

22

30

38

46

54

62

2-jadval y=8x+22 funksiyaning erkli va erksiz o’zgaruvchilarning o’zaro mos qiymatlari


Endi MS Excelda funksiyaning grafigi menyuning Вставка bo’limi График bandi orqali hosil qilinadi.


Download 26.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling