Murojaatnomasida 2021 yilda ushbu fanga ustuvorlik berilishidan ham bilsak bo‘ladi
Download 19.18 Kb.
|
BMI kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
- Bitiruv malakaviy ishining predmeti
- Bitiruv malakaviy ishining obyekti
KIRISH Mamlakatimiz hukumatining ta’lim tizimiga berayotgan katta e’tiborini “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz… Ilm fan namoyondalarining, ta’bir joiz bo‘lsa, “igna bilan quduq qaziydigan” zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari mamlakatimiz, uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoyi insonlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz” –deb ta’kidlagan Respublikamiz Prezidentining murojaatlaridan bilsak bo‘ladi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi. Fizika fanining jamiyat hayotida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini Prezidentimizning 2020 yilning 29 dekabrida Oliy Majlis orqali xalqimizga qilgan Murojaatnomasida 2021 yilda ushbu fanga ustuvorlik berilishidan ham bilsak bo‘ladi. “Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu maqsadda ushbu o’quv yilda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi. Fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi. Shuningdek, fizika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar ko‘lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.” Yuqoridagi fiklardan fizika fanini o‘rganish davr talabi ekanligini ko‘rishimiz mumkin, shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. Hech bir fan, yoki soha o‘zi alohida rivojlana olmaydi. Fanlar va ilm sohalari doimo bir-birini taqazo etadi, ular bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ularni ajratish taraqqiyot zanjirini uzish demakdir. Yosh avlodga bobo-kalonlarimizning ilmiy izlanishlarini yetkazish, dars jarayonida ular ilmidan foydalanish va tanishtirish biz bo‘lajak pedagoglarning asosiy burchimizdir. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbliligi shundan iboratki buyuk bobolarimizning fizika sohasiga qo‘shgan hissasini, ularning ishlarini yangi avlodga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib pedagogik texnologiyalar va metodlar yordamida yetkazishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – akademik litseyda o‘quvchilarga fizika ta’limining rivojlanishini va olimlarning ishlari ulardan foydalanish metodikasini amaliy tomondan asoslashdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari – bitiruv malakaviy ishida nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy faraz, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi: 1. Akademik litseyda fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi amaliyotini tahlil qilish; 2. Markaziy Osiyo olimlarining fizika faniga qo‘shgan hissasini o‘quvchilarga yoritib berish; 3. Laboratoriya mashg’ulotlarini axborot-texnologiyalari yordamida o‘rganish; 4. Akademik litseylarda fizikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarda Markaziy Osiyo olimlarining hayoti va ularning ishlaridan foydalanish metodikasi va uning amaliy ahamiyati ko‘rsatish; Bitiruv malakaviy ishining predmeti – akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida fizika fanining fanlararo bog’lanish texnologiyalari, ushbu fandan yaratilgan turli elektron qo‘llanmalar, multimedialar, virtual laboratoriyalar tizimlari, elektron test topshiriqlari va bundan oldin shu ish bilan shug’ullangan olimlarning tajribalari bo‘lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Qoraqalpoq davlat universtiteti akademik litseyda ta’lim jarayoni tadqiqot ob’yekti bo‘lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi betda bayon etilgan bo‘lib: kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling