Mushoira kechasi
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
Download 70.81 Kb.
|
Axborot ish reja 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T: Jabborova N Sana: 8/02/2023
M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O
I.M.M.I.B.T: Jabborova N Sana: 28/10/2022 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda “Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi bo’yicha ” o‘tkazilingan tadbir bo‘yicha AXBOROT Alisher Navoiyning badiiy mahorati bilan dunyoqarashi va bilim doirasining kengligi uning serqirra ijodida baralla koʻrinib turadi. U nafaqat oʻzigacha mavjud barcha adabiy anʼanalar, tur va janrlardan mahorat bilan foydalandi, balki ularni takomillashtirishga harakat qildi. Shuningdek, asarlarining yuksak falsafiy maʼno-mohiyatidan uning faqat islomiy ilmlar emas, balki turli Sharq diniy-falsafiy taʼlimotlaridan chuqur xabardorligi, mutafakkir sifatida ularning asoslarini yaxshi bilgan mutafakkir ekani anglashiladi. Ushbu sana munosabati bilan maktabda turli tadbirlar uyushtirildi. Alisher Navoiyning "Tilga e‘tibor - Elga e’tibor" so‘zlari bunday tadbirlar payti juda ko‘p marotaba takrorlanadi. Xususan, 8-fevralda Nvoiy tavalludi 7-8 sinf o’quvchilari bilan birgalikda maktabda ma’naviy va ma’rifiy kecha o‘tkazilindi. Tadbirda Navoiy hayotiga doir Alisher Navoiyning hayotiga doir voqealar sahnasi badiiy mahorati bilan dunyoqarashi va bilim doirasining kengligi koʻrinib turadi. Tadbirda g’azalxonlik qismi mohirona tasvirlanib, ”Xamsa” dostoning beshinchi dostonidagi voqea sahna orqali tasvirlab berilgani, o‘quvchilar Navoiy hayotini obrazli tarzda tasavvur olishdi. G’azalxonlik va maktab doirasida Navoiy hayotiga tegishli sanalar bo‘yicha o‘tkazilingan viktorina tadbirni yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi. Alisher Navoiy hayoti va ijodini yod etish va buyuk ijodkorga nisbatan o’quvchilarda mehr-muhabbat uyg’otish va ularning ma’naviy ruhiyatini oshirish uchun ma’rifiy tadbir o’tkazilindi. M.M.I.B.D.O‘: Tursunxonov O I.M.M.I.B.T: Jabborova N Sana: 8/02/2023 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi bo‘yicha ” o‘tkazilingan tadbir bo‘yicha AXBOROT Bugun 13-fevral oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5040-sonli Qarori ijrosi hamda buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosib nishonlash maqsadida. 2023-yil 13-fevral kuni 39-maktabda tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «Vatan sog’`inchi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni maktabning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Tursunxonnov Obidxon kirish so‘zi bilan ochib berdi. ular buyuk ajdodlarimizning boy merosi, ularning o’quvchi-yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Ijodiy madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi buyuk shoh va shoir bobokalonimiz Bobur hazratlari asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va o‘rnak bo‘luvchi hayot yo‘llari haqida gapirib o‘tdi. Tadbirning badiiy qismida maktabning iqtidorli o’quvchilari shoir qalamiga mansub o‘zlarining yod olgan g‘azal va ruboiylarini ijro etishdi. Bobur g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar, mumtoz raqslar ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi. Tadbir davomida o‘tkazilgan adib ijodiga oid savollar viktorinasi tadbirni yanada jonli va qiziqarli bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Download 70.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling