Mushoira kechasi


Download 70.81 Kb.
bet1/13
Sana09.11.2023
Hajmi70.81 Kb.
#1759809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Axborot ish reja 2


Namangan viloyati Kosonsoy tumani 39-maktabda yosh ijodkor o‘quvchilar bilan “Mushoira kechasi” o‘tkazilinganligi to‘g‘risidagi
AXBOROT
Mushoira (arab. — shoirlar musobakasi) — 1) sheʼriyatning oʻziga xos janri. Odatda, ijodiy hamkorlikning bir koʻrinishi. Bu janrda 2 yoki undan ortiq shoir sheʼr aytishadi, ijodiy musobaqalashadi. Sheʼr bir mavzu, bir vazn, bir xil qofiya tizimida boʻlib, ular gʻoyaviy-estetik va poetik jihatdan uzviy birikadi va yaxlit asarni vujudga keltiradi.
39-maktabning iqtidorli o‘quvchilari bilan har bir oy boshida mashhur shoir va shoiralar ijodini o‘rganish bilan birga iste’dodlarini baholash va ularga she’riyat qonun-qoidalarini o‘rgatish uchun kutubxonada muhsoira o‘tkazish haqida reja tuzib olindi.
14-sentabr 2022- yil 7- sinf o‘quvchilari bilan birgalikda o‘tkazilingan mushoira o‘quvchilar uchun she’riyatga qadam qo’yishgan ilk boshlanish nuqtasida qofiya va turoqlanish qonun qoidalarini o‘rgatish orqali ularning iste’dodi shakllanishiga yordamchi vazifa bo’ldi. Darhaqiqat, ilhom deb nomlangan sehrli kuch har kimga ham berilmasligi va shoirlik qalamining o‘tkirligi so‘z boyligi bilan uzviy bog’liqligi haqida aytilgan fikrlar o’quvchilarning izlanishiga turtki bo’ldi.
She’riyat ustozlari va O’zbekiston xalq shoirlarining ijodiyotiga qiziqish va ularning ijod yo’li mashaqqatini his qilishari uchun avvalo, kitobga mehr qo’yishlari va so’zdan so’zning farqini bilishlari haqida batafsil suhbat davomida aytib o’tildi.
Mushoira qonun – qoidalri tushuntirildi va mushoiraning keying kechasida o’z qalamlari bilan yozilgn she’rlarni olib kelish haqida fikrlar aytildi.
7- B o‘quvchisi Dadaxonova Dilhayo O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qalamiga mansub “O‘zbekiston” qasidasini yodda ytib she’riyat mushoirasining ilk kechasini yakunlab berdi.
Yakunda sinflar kesimida mushoira kechalarini o‘tkazish bilan birga iqtidorlilar saralanishi orqali barcha maktab shoir va shoira o‘quvchilari bilan birga har chorak yakunida she’riyat kechasi o‘tkazlinishi haqida rejalashtirildi.

Download 70.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling