Musiqa darsi – ijodiy, integrallashgan va san’at bilan bog‘liqligi. Kirish I. Bob: musiqa maktabda fan sifatida


Download 46.96 Kb.
bet10/11
Sana18.10.2023
Hajmi46.96 Kb.
#1708719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUSIQA DARSI – IJODIY, INTEGRALLASHGAN VA SAN’AT BILAN BOG‘LIQLIGI.1

Uchinchi va to'rtinchi sinflarda bolalaming diqqati xiyla barqaror va bir joyga to'plangan bo'ladi. Bu yoshdagi o'quvchilaming o'quv faoliyati jarayonida o'zidagi xulq-atvomi va faoliyatni o'zi tomonidan muvoflqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati, o'z faolitini o'zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bo'lgan qiziqishning qaror topishiga yordam beradi. Uchinchi va to'rtinchi sinflarda darsning ko'proq qismini bitta topshiriq ustida ishlashga ajratish mumkin. Bunga yangi qo'shiqni o'rganish yoki kompazitoming ijodi haqida suhbat o'tgazish bilan birga uning asarlarini ham ko'rsatish yoki musiqa savodidan yozma ish o'tkazish va shu kabi ishlar kiradi. Bu sinflarda musiqa savodi qismini o'rganish uchun vaqt bir muncha ya'ni o'n daqiqagacha ko'payadi. Darsning asosiy qismi bo'lgan jamoa bo'lib kuylashga taxminan 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. 167 Beshinchi - oltinchi sinflarda musiqa darsi o'tkazish cTquvchilaming yosh xususiyatlariga ko'ra o'qituvchi uchun bir oz qiyin kechadi. 11-12 yoshda bola organizmi kuchli rivojlana boshlaydi, bolalikdan o'smirlikka o'tish yoshida bolalar juda faollashadi, kuch quvvati qaynab toshadi. Bu yoshdagi bolalar ovozi faol rivojlana boshlaydi, yorqin va jaranglab chiqadi, tembrga ko'ra diskantlar, altlar aniqlanadi. Shuning uchun o'qituvchi qiziqarli repertuar tanlash bilan bolalaming musiqa faniga qiziqtirishi, musiqa sa'natiga havas uyg'otishi va shu orqali bolalar ovozining yaxshi, ifodali jaranglashiga erishishi lozim. Agar boshlang'ich sinflarda musiqa darslarini mutaxassis o'qituvchi olib bormagan bo'lsa, tabiiyki, dastur o'zlashtirilishi ko'pincha bir tomonlama, u ham bo'lsa asosan qo'shiq o'rganish bilan kifoyalangan. Demak, bolalaming bilim darajasi va musiqaviy malakalari orqada qoladi. Buning natijasida bolalar beshinchi sinf dasturini o'zlashtirishga qiynaladilar. Bunday holda o'qituvchi boshlang'ich sinf o'quv materiallarining eng asosiy va zaruriy qismlarini o'quv yilining birinchi yarmida tezlashtirib o'qitish metodlari bilan o'tib olib, so'ng beshinchi sinf materiallarini o'tishga boshlaydi. Beshinchi va oltinchi sinflarda darsga vaqtni taqsimlash taxminan to'rtinchi sinflardagiga o'xshash bo'ladi: Jamoa bo'lib qo'shiq kuylashga 20-25 daqiqa, musiqa savodi va musiqa tinglashga 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. O'quvchilaming o'sib-ulg'ayib borishi, diqqatlarini bir nuqtaga yig'a olishi, xotirasining, fikr qilish qobiliyatining va ongliligining o'sishi darsni faoliyatlarga taqsimlamay, bitta faoliyatni to'liq o'tishga imkoniyat beradi. Yana, bitta darsning hammasini musiqa tinglashga bag'ishlash mumkin. Bir bo'limga to'liq bir darsning ajratilishi bolalar bilimini chuqurlashtirishga va kengaytirishga imkon beradi. Masalan, o'quvchilami orkestr janri bilan tanishtirganda bir yoki bir necha orkestr turlari ijrosidagi asarlami keltirish, yoki bir kompozitoming ijodi bilan tanishtirish mumkin. Bunday darslar suhbatli konsertga o'xshaydi va bolalami xushnud qiladi. Musiqa savodini o'rganishga butun bir darsni ajratish mutlaqo noto'g'ri bo'ladi. Chunki bunday dars bolalarga qiziqarsiz va zerikarli bo'ladi. Yettinchi sinfda bolalarga musiqa ta'limini berish tugallanadi. Bunda bolalarda musiqiy-estetik dunyoqarash hosil bo'lishi, musiqa janrlarini tushunishi, kompozitorlar haqida fikr yurita olishi, nota yozuvlarini bemalol o'qiy oladigan va notaga qarab qo'shiq kuylay 168 oladigan bo'lishi kerak. Yettinchi sinfda boshlang'ich va yuqori (5-6 sinf) sinflarda olgan biiim va malakalar aniqlanadi va chuqurlashtiriladi. 12-13 yoshli bolalaming o'ziga xos yosh xususiyatlariga ega bo'lishi musiqa o'qituvchisiga biroz qiyinchilik tug'diradi. Bu yoshdagi o'g'il bolalar ovozida mutasiya boshlanadi. Mutasiya bolalar voyaga yetyotgan davrdagi ovoz o'zgarishi ya'ni ovozning rasta bo'lishidir. Mutasiya davri odatda bolalaming 12-13 yoshida boshlanib, 16-17 yoshgacha, goho undan ham ko'p yoshgacha ham davom etishi mumkin. Bunday davrda bolalr ovozi ortiqcha kuylashga kuchi yetmaydi va diqqat hamda extiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni talab qilinadi. Sinfdagi bolalaming bir qismi butunlay qo'shiq aytmaydilar yoki aytsalar ham o'qituvchining nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan kuylaydilar. Shuningdek, sinfda bolalik ovozi bilan qo'shiq aytishni me'yorda davom ettirayotgan, mutasiya belgilari hali namoyon bo'lmagan bolalar ham bor bo'ladi. Qiz bolalarda mutasiya osoyishta, asoratsiz o'tadi. Lekin shunga qaramay, qizlarning ovozini ham ehtiyot qilish lozim. Bolalar ovozidagi shu o'zgarishlar tufayli qo'shiq ayttirish vazifasi kamaytiriladi. Shunga ko'ra bu sinfda jamoa bo'lib kuylashga oz vaqt 10-15 daqiqa ajratilib, qolgan vaqtni esa musiqa tinglash va musiqa savodiga, asosan notaga qarab qo'shiq aytishga sarflanadi. Notaga qarab qo'shiq kuylashga oldingi boblarda to'xtalib o'tganmiz. Yettinchi sinfda bolalarda musiqaga, musiqa adabiyotini o'rganishga qiziqish faollashadi. Shuni hisobga olib darslaming ko'p qismini to'laligicha turli kompozitorlaming hayoti va ijodini, musiqa janrlarini o'rganishga ajratish mumkin. Bu sinfda hamohang, barqaror ikki ovozli qo'shiq aytishga erishish o'qituvchining oldiga qo'ygan asosiy maqsadidir. Yettinchi sinfda musiqa o'qituvchisiga beriladigan metodik ko'rsatma shundan iboratki, o'qituvchi jamoa bo'lib qo'shiq aytishni boshqa faoliyatlar bilan galma-gallashtirib olib borishi va shu bilan birga darsning qadrini tushirmasligi hamda uni qiziqarli qilib o'tkazishi shart. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bu sinflardagi darslaming tuzilishi ko'p jihatdan sinfning tarkibiga bog'liq bo'ladi. Ba'zi sinflarda o'quvchilarning ko'pchiligi qizlar bo'ladi yoki ayrim sinfdarda mutasiyasi boshlanmagan o'g'il bolalar deyarli umuman bo'lmaydi. Bunday hollarda dars tuzilishini avvalgi sinflardagidek tuzish va xor malakalarini o'stirish ustida samarali ish olib borish zarur. Darslarni tuzish metodi to'g'ri tanlangandagina va bolalaming yosh xususiyati hisobga olingandagina yaxshi natijalarga erishiladi. Shuni ham bilish zarurki, o'qituvchining o'z obro'iga ega bo'lishi katta ahamiyatga ega. Darsga kiriladigan barcha sinflarda o'quvchilar o'z o'qituvchilariga tanqidiy ko'z bilan qaraydilar. Ba'zi o'qituvchilami bilimi va yaxshi sifatlari uchun hurmat qilsalar, boshqalarini shu xususiyatlari bo'lmaganligi uchun hurmat qilmaydilar. Musiqa o'ituvchisi cholg'u asbobini jozibali chalsa, qo'shiqni yoqimli kuylasa, musiqa janrlari va kompozitorlari haqidagi hikoyalari bolalami maftun etsa, qirq besh daqiqalik darsda o'zining ilib ijro etsa, bunday o'qituvchibolalar mehriga muyassar bo'ladi.


XULOSA
Musiqiy tarbiya insonni go'zallikka yetaklovchi bir vosita bo'lib, u insonning estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Haqiqiy musiqa asarlari zamonning estetik-axloqiy va siyosiy g'oyalarini umumlashtiradi. Inson hayotini musiqa san'atisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. San'at kishilarga faqatgina ma'naviy ozuqa beribgina qolmasdan, jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim o'rin o'ynaydi. Musiqa san'atining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini to'g'ri his etib, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyalini aslo unutmaslik zarur. Musiqiy go'zallik insonning ma'naviy qiyofasi shakllanishida muhim omildir. Musiqa go'zallikka intilish, estetik ehtiyoj tug'ma xislat emas. U insonda mehnat va atrof-tevarakdagi olamni ta'sirida paydo bo'lgan. Tashqi olamni o'zgartirish bilan insonning o'zi ham o'zgarib bordi, bunda faqat u jismoniy jihatdangina taraqqiy qilib qolmay, balki ma'naviy jihatdan ham taraqqiy etdi. Insonning ma'naviy qobiliyati va avvalo, estetik hissi asta-sekin taraqqiy etib, tarbiyalanib bordi. Musiqa san'ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalashning qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog'liqdir. Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo'lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko'rsatishdir. Shu ma'noda uning o'rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o'rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo'lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi. Наг bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g'orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hay von terilarini yopinib yurgan o'tmish davrlarida paydo bo'lgan. U odamlaming ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag'al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlami, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo'lsada, ana shu qadimgi odamlar yaratgan. San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. Musiqiy bilimlarni o'zlashtirish o'quvchilarda nafaqat musiqiy savodxonlikni, balki musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur va shu kabi sifatlami shakllantirishga xizmat qilishi amalda o'z isbotini topdi. O'quvchilar maktabga kelgan ilk kunlaridanoq, san'atga, ayniqsa, musiqaga intilish va qiziqishlari yuqori bo'ladi. Shuning uchun musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu o'qituvchining mutaxassis, o'z sohasining ustasi sifatida bilimdonligi va ijodiy barkamolligiga bog'liqdir.
Musiqa madaniyati darslari - o'quvchilarda musiqiy did va musiqiy dunyoqarashni shakllantiruvchi eng muhim vositadir. U o'quvchilarning aqliy, jismoniy, g'oyaviy shakllanishiga ta'sir etadi. Musiqa o'quvchilarda borliq haqida o'ziga xos «Shaxsiy nuqtai nazar»ni, voqea va hodisalarga faol va ijodiy munosabatni shakllantiradi. Musiqa alohida shaxsga va keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g'oyaviy, pedagogik, fiziologik va hokazo). Aynan shuning uchun ham «Musiqa madaniyati» o'quv fanining xususiyatlaridan kelib chiqib, nazariy va amaliy yo'nalishdagi majsriallarning maqbul nisbatini saqlagan holda, musjqaning barcha mavjud imkoniyatlarini ochib bera olishi kerak.



Download 46.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling