Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish
Tajriba – sinov ishlari natijalarining matematik
Download 0.78 Mb.
|
Musiqa madaniyati darslari sa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – jadval.
Tajriba – sinov ishlari natijalarining matematik
statistik tahlili. Tadqiqot doirasida olib borilgan izlanishlar va amaliy tajribalar pedagaogik texnologiyalar vositasida tashkil etilgan darslarda o`quvchilar ancha faol izlanuvchan va intiuvchan bo`lib qolishlarini ko`rsatdi. Chunki doimiy ravishdagi savol – javob, munozara, so`rov, tahlillar, o`qituvchi – o`quvchining erkin muloqoti va birgalikda ishlashi o`z samarasini berishi tabiiy edi. Tabiiyki, o`quvchilar mazkur faoliyatning dastlabki davrida o`z tushunchalarini ifoda etish, munosabat bildirish, o`z qarashlarini himoya qilishga biroz qiynaldilar. Bu kamchiliklar hali mustaqil fikrlash tajribasining kamligi, nazariy bilimlarni amaliy jarayonda qo`llay olmasligi, o`z munosabatlarini to`laqonli ayta olmasliklarining oqibatidir deyish mumkin. Tajriba ishlari davomida texnologiyalashtirilgan dars mavzularini o`tishga puxta tayyorgarlik ko`rish, dars mashg`ulotlarining aniq maqsadi, vazifasi va mazmunini belgilash, o`quvchilarni unga oldindan tayyorlash, o`tkazilish tartib – qoidalari bilan tanishtirish muhim o`tin tutishiga ishonch hosil qildik. Amaliy tajribalar davomida ta`lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning negizini quyidagicha ta`riflash to`g`rib o`ladi degan qarorga keldik: ta`lim jarayonida o`quvchilarda o`quv mashg`ulotlariga barqaror qiziqishini hosil qilishlari uchun har taraflama puxta aniq va qiziqarli bo`lishiga erishish; mashg`ulot jarayonida bajariladigan ayrim harakatlar, topshiriqlarni bajarishni o`quvchilar mustaqil mashq qilishlari; texnologiya mazmuni, mohiyati, o`tkazilish tartibi haqida maslahatlar berib borish; har bir mashg`ulot yakunini jamoa bo`lib tahlil va muxokama qilish; . o`quvchilarni o`qituvchi va o`rtoqlari ishini kuzatishga o`rgatish va ho kazolar. Xullas, olib borilgan amaliy tajriba iwshlari uchun maxsus tayyorlangan metodikani amaliyotda sinash natijasida o`quvchilar bilimi, musiqiy – nazariy tayyorgarligi, fikrlash, mushohada qilish, asarlarga tavsif berish, tahlil qilish, amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarida sezilarli darajada o`zgarish bo`lganligi aniqlandi. Mazkur o`zgarish quyidagi jadvalda o`z aksini topdi: 2 – jadval. Ta`lim texnologiyalari qo`llanilgan musiqa darslari jarayonida o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilim va malakalari, musiqiy madaniyatining shakllanganlik darajasi (tajriba oxirida).
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling