Musiqa madaniyati
Download 193.88 Kb.
|
kurs ishi G`ofurova metodika
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Bajardi
- I BOB O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI
- II BOB 4-SINF O’QUVCHILARIGA O’ZBEK XALQ IJODI BILAN TANISHTIRISH USULLARI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “MUSIQA MADANIYATI” FAKULTETI “4-sinf o`quvchilarini “O`zbek xalq musiqa ijodi” mavzusi bilan tanishtirish” mavzusidagi KURS ISHI Bajardi:402-guruh talabasi G`ofurova Ziyoda G`ayrat qizi___________ Rahbar: “Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi dotsenti Karimova.D.A___________ TOSHKENT-2023 4-SINF O’QUVCHILARINI “O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI” MAVZUSI BILAN TANISHTIRISH Reja: KIRISH I BOB O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI O’zbek xalq qo’shiqlari haqida umumiy tushuncha 4-sinf o’quvchilarini Ozbek xalq raqslari blan tanishtirish Mehnat va mavsumiy qo’shiqlar haqida ma’lumot II BOB 4-SINF O’QUVCHILARIGA O’ZBEK XALQ IJODI BILAN TANISHTIRISH USULLARI 2.1 O’zbek xalq cholg’ulari bilan tanishtirish 2.2 Atoqli sozandalarimiz bilan tanishtirish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ILOVALAR KIRISH
Zeroki qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta’lim-tarbiyasi nafaqat o‘zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Agar mendan sizni nima qiynaydi” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman’’2 - degan purma’no gaplari fikrimizning yaqqol dalilidir. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston-maktab ostonasidan, ta‘lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”3, degan g‘oya asosida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, ya‘ni yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta‘lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yilib ular jismoniy va ma‘naviy va sog'lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazish xalqimiz va Prezidentimizning ezgu maqsadidir. Yurtboshimizning aytishlaricha: “Bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi”4. Biz yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san’atning o‘rni beqiyosdir. Har bir millat va elatlarni birlashtiradigan an’analarimizni mustahkamlaydigan ham mana shu hisoblanadi. Har qanday ko‘ngilni o‘ziga rom eta oladigan, insonlarni qalbiga ezgulik urug‘ini ekib boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham musiqa desak mubolag‘a emas. Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan sezilib turibdiki musiqa san’ati qanchalik beqiyosligi hamda tarbiyaviy jihatdan ham katta ahamyatga ega ekanligi. Ma’lumki, bugungi kunda nafaqat O‘zbekistonda o’zbek xalq musiqasiga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada oshgan. Chunki hozirgi kunda ommaviy madaniyat nomi bilan turli yangi musiqiy janrlar paydo bo‘lmoqda. O`zbek xalq musiqasi ajoyib intonatsiya, nafislik, ranglarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular kattalar va bolalarning hissiy dunyo qarashiga ijobiy ta’sir ko‘rstadi. O`zbek xalq musiqa ijodini o‘rganish orqali shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruxni kamol toptirish, musiqiy va axloqiy ma’daniyatni, musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarni yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini, tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Ishning o‘rganilganlik darajasi. O`zbek xalq musiqasi o`zbek kompozitor va bastakorlari tomonidan o`rganilgan va tahlil qilingan. Kurs ishining maqsadi: 4-sinf o`quvchilarini “O`zbek xalq musiqa ijodi” mavzusi bilan tanishtirish, o`zbek musiqa asarning tuzilishi, ohangi, milliy cholg`ulari bilan tanishtirish. Kurs ishining obyekti: 4-sinflarda “O`zbek xalq musiqa ijodi” Kurs ishining predmeti: O`zbek xalq sozandalari va milliy cholg`ular. Kurs ishining vazifalari: • mavzuga oid adabiyaotlar, electron ma’lumotlar ilmiy ishlar to‘plash, o‘rganish va taqqoslab tahlil qilish; • O`zbek kompozitorlar asarlarida an`anaviy ijrochilikning o‘ziga xosliklarini aniqlab berish; • 4-sinf o’quvchilariga o’zbek xalq ijodi bilan tanishtirish usullari Izlanish uslublari. To‘plangan ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslash, tahlil qilish, umumiylashtirish, xulosa chiqarish. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, 2 bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat. Download 193.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling