Musiqa madaniyati
Download 441.68 Kb.
|
Axmedova Sofiya 102-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT 2022 Mavzu: DIAPAZON. REGISTR. TOVUSHLAR ENGARMONIZIMI Reja
- pastki registrga
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “MUSIQIY TA’LIM” YO’NALISHI “MUSIQA MADANIYATI” FAKUL’TETI FAN: MUSIQA NAZARIYASI AXMEDOVA SOFIYA SHAVKAT QIZI “DIAPAZON. REGISTR. TOVUSHLAR ENGARMONIZIMI” mavzusidagi mustaqil ish
TOSHKENT 2022 Mavzu: DIAPAZON. REGISTR. TOVUSHLAR ENGARMONIZIMI Reja: 1. O’zbek milliy cholg’ulari diapazonlari 2. Registr haqida tushuncha 3. Tovushlar engarmonizmi Birorta musiqa asarining mazmunini «o’qiy olish», uni tushunib yеtish, hamda qanday tuzilganligini ―ko’rish‖ uchun avval o‘sha musiqa tilini bilish, musiqiy fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirish lozim. Musiqa haqidagi ta‘lim tizimining boshlang’ich qismi - Musiqa nazariyasi – musiqaning asosiy elеmеntlari va ayniqsa, kuy va uning xususiyatlarini o’rganishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Olinadigan bilimlarni umumlashtirish maqsadida har bir musiqa elеmеnti haqidagi ma‘lumot darslikning alohida boblariga kiritilganligiga qaramay, o’quvchi shuni yodda tutishi kеrakki, musiqa elеmеntlari faqat bir-biri bilan bog’liqligidagina o’zining ifodali xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. Musiqa elеmеntar nazariyasi kursi o’quvchilarga nazariy fanlarning kеyingi kurslarini o’rganish uchun mustahkam zamin yaratib bеradi va mustaqil musiqiy fikrlay olish ko’nikmasining rivojlanishiga asos soladi. Bunga tarixiy nuqtai nazardan izohlangan lad, ritm, kuy, xromatizm kabi mavzular imkon tug’diradi. “Musiqa tili” dеgani bu musiqiy ifodalilik va tasvirlilik vositalaridan tashkil topgan tizim demakdir. Musiqiy tilning vositalari musiqaning tarkibiy elеmеntlari hisoblanadi. Bular tovush balandligi, cho’zim, mеtr, ritm, intеrval, akkord, lad, tonallik, kuy kabi vositalardir. Musiqa elеmеntlari va ularning o’zaro bog’liqligi haqidagi ta‘lim musiqa nazariyasiga oid fanlarda bayon qilingan. Mamlakatimiz rivojlanishinin hozirgi davrida madaniyat va san’at taraqqiyoti oliy ta’lim tizimini jahon andozalarini hisobga olgan holda takomillashtirish masalalarini ilgari surmoqda. Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng iIg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklaridan bahramand bo’lmagan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini ta'minlovchi intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin Musiqaning mazmuni bu xayot tasurotlaridir, fikr va xis tuyg’ularning tovushlar 1shaklidir mazmuni tovush (musiqa) orqali vositalarni o’zaro bog’lovchi muayyan qoidalarga bo’ysunadi. Bu qonunlar xalq va klassik musiqaning ko’p asrlar davomida vujudga kelgan tajribasi natijasida paydo bo’ladi Musiqa elementlari va ularning o’zaro bog’lanishlari xaqidagi talim musiqa va uning nazariyasiga oid fanlarga bayon qilingan; bularning boshlang’ich qismi musiqaning elementar nazariyasidir.2 Musiqa nazariyasi fanini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar rang-barang ohangdoshliklarni qo‘llab, musiqiy fikr rivojlanishini ko’rsata olishni o’rganadi. Musiqa nazariyasi fani o’qituvchining vazifasi – o’quvchilarga mazkur fanning asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar berish, yozma ishlar orqali amaliy Ko’nikmalarini shakllantirish va musiqada garmo’niyaning o’zi ifodaviy vositalardan biri ekanligi haqida tushuncha berishdan iborat. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarga "Ragistr, Diapazon, Tovushlar engarmanizimi" ham bir tayanch mavzu hisoblanib, bu mustaqil ta'limda hammasi ya'ni mavzu chuqurlashtirip ko’rsatib, yoritib beriladi. Muallif tomonidan "Mustaqil talim" tayyorlanishda mashhur musiqashunoslar V.Vaxromeev, U.Yoldoshev, Q.Rahimov, O'.Toshmatov, Sh.Rahimov, va boshqalarning ilmiy-nazariy ishlaridan foydalaniladi Musiqiy tovushqatorning eng past tovushdan eng yuqori tovushgacha boʻlgan umumiy hajmi musiqiy diapazon deyiladi. Inson tovushi yoki cholgʻu sozining diapazoni deganda ular ifodalay oladigan umumiy musiqiy diapazon nazarda tutiladi (masalan, fortepiano diapazoni A2 – s5). Diapazon [yun. dia pason (chordon) — barcha (torlar) boʻylab] — 1) musiqada — soz, xonanda ovozi yoki har bir kuy, qoʻshiq, umuman barcha musiqa asarlarining eng pastki va eng yuqori tovushlari oraligʻi, muayyan tovushqator hajmi. Oʻzbek ommabop kuy va qoʻshiqlari, doʻmbira, choʻpon nayi kabi musiqa cholgʻulari D.i qisqa (ixcham); maqom, mumtoz cholgʻu va ashula yoʻllari, gijjak, rubob, tanbur kabi sozlarniki keng; 2) Kuchma maʼnoda — biror narsaning koʻlami; isteʼdod, bilim, taʼlimot, tafakkur, faoliyat darajasi, qamrovi koʻrsatkichi (1-misol) 1-misol Subkontr Kontr Katta Kichik Birinchi Ikkinchi Uchinchi Tortinchi Besh. oktava oktava oktava oktava oktava oktava oktava oktava oktava 1-rasm Registr deb, ovoz yoki cholgʻu sozining alohida xarakterga ega boʻlgan tovush tusi bilan ajralib turadigan qismi (boʻlak, parcha) ga aytiladi. Umuman olganda regisrt 3 ga bo‘linadi; • pastki registrga - subkontroktava, kontroktava va katta oktavalarni; • oʻrta registrga - kichik, birinchi va ikkinchi oktavalarni; • yuqori registrga - uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi oktavalarni kiritish mumkin. Turli cholgʻu sozlarining registri koʻpincha bir-biriga mos boʻlmaydi, masalan, basning yuqori registri al‘tning pastki registriga mos boʻladi, yoki valtornada yuqori registrga xos boʻlgan tovushlar klarnetning oʻrta registriga toʻgʻri keladi. Shu sababdan, har bir tovush oʻzidan yarim ton pastda joylashgan asosiy pogʻonaning koʻtarilishi yoki oʻzidan yarim ton yuqori joylashgan asosiy pogʻonaning pasaytirilishi natijasida hosila tovush boʻlishi mumkin, masalan, fadiyez va sol-bemol. Fortepiano cholgʻusi tovushlarining registrlarga boʻlinishi: (1-rasm) 1-rasm • pastki registrga - subkontroktava, kontroktava va katta oktavalarni; • oʻrta registrga - kichik, birinchi va ikkinchi oktavalarni; • yuqori registrga - uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi oktavalarni kiritish mumkin Diapazon ovoz va musiqa asboblaridagi eng pastki va eng yuqori tovush oraligi. Nay pikkoloning diapozoni birinchi oktavaning re tovushida tortinchi okatavaning sol tovushigacha.
Avg'on rubobning diapozoni kichik oktavaning "si" tovushida uchinchi oktavaning "mi" tovushigacham
Dutor primaning diapozoni kichik oktavaning "mi" tovushidan uchinchi oktavaning "lya" tovushigacha.
Inson ovozi ya'ni oz ovozimdan misol keltiradigan bo’lsam, ovozim kichik oktava "lya" tovushidan ikkinchi oktava "lya" tovushigacham Xonanda ovozi diapazoni bir nechta registrga ajratiladi. Turli registrdagi tovushlar har xil tembr va yangroqlikka ega. Mas, erkaklar ovozining pastki diapazoni (koʻkrak registri) shirali va kuchli yangraydi, baland tovushlar registri esa jarangli va quruqroq sadolanadi. Ayollar ovozi esa pastki tovushlar (koʻkrak registri), markaziy (oʻrta balandlikdagi) va baland tovushlar registrlariga boʻlinadi. Professional Xonanda ovozi diapazoni 2 oktavaga ega boʻlishi, registrlar oʻrtasidagi tovushlar esa tekis sadolanishi kerak. Xonanda ovozi yoʻgʻon-ingichkaligiga va shiradorligiga qarab Yevropa xonandaligida 6 turga boʻlinadi. Ayollar Xonanda ovozi — soprano, metssosoprano va kontralto, erkaklar Xonanda ovozi — tenor, bariton va bas. Erkak ovozlaridan nisbatan baland va ochiqroq yangraydiganlari lirik, yoʻgʻon va quyuqroq eshitiladigan ovozlar dramatik turlarga ajratiladi (mas, lirik tenor). Oʻzbek milliy xonandaligida tovushlar koʻlami keng, salobatli kuchga ega "nor ovoz", barcha pardalarda aniq eshitiladigan "jarangdor kuvrak ovoz", shuningdek, "tik ovoz", "pang ovoz", "xasta ishkami ovoz" kabi tushunchalar qoʻllaniladi. Oktavadan oktavaga o’tish vaqtidan oktavaga qarab ovoz yoki yog’on yoki ingichkalashib boradi. Kichik oktavada va ikkinchi oktavada kuylash uchun qiynalmay chuqur nafas kerek bo’ladi O’rta yani birinchi oktavada tepada keltirilgan oktavalarde qiyinchilik bo’lmaydi 3. Ijroda balandligi bir xil, lekin nomi va yozilishi har xil boʻlgan pogʻonalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Hosila pogʻona asosiy pogʻona bilan bir xil balandlikda ham boʻlishi mumkin, masalan, si-diyez bilan do yoki fa bemol bilan mi. 5 Fortepianodagi har bir qora klavishning ikkita nomi borligini yodda tuting. Uning oʻngidagi oq klavishning yarim tonga pasayishi va chapda turgan klavishning koʻtarilishi natijasida eshitiladigan tovushlar – tenglik sifatida keladi. Agar tovush ikki baravar koʻtarilsa (asosiy pogʻona ikki marta yarim tonga koʻtariladi) yoki ikki baravar pasaytirilsa ham shu holni koʻramiz. Masalan, fa-dubl diyez bilan sol; mi-dubl-diyez bilan fa-diyez; mi dubl bemol bilan re; do-dubl bemol bilan si bemol va h.k. Engarmonizm - turlicha nomdagi tovushlaming balandlik jihatdan tengligi. Engarmonik teng tovushlar - balandiigi bir xil, ammo turlicha nomdagi tovushlar, masalan, re-diyez-mi-bemol, mi- fa-bemol, dobemol-si, fa-diyez- sol-bemol va h.k. Tovushlami yarim ton yuqori ko‘tarish va yarim tonga pasaytirish natijasida balandiigi bir xil, ammo nomlari boshqacha bo‘lgan engarmonik teng tovushlar hosil bo'ladi; bunga fortepianoning qora klavishlari misol bo‘la oladi. Ammo, tovushlami faqat yarim tonga emas, balki bir tonga ko‘tarish va bir tonga pasaytirish ham mumkin. Buning natijasida engarmonizmning yanada keng tizimi va xromatik butun tonlar hosil bo‘Iadi. Buni fortepiano klaviaturasining bir oktava bomagi tasvirlangan quyidagi chizmadan yaqqol kuzatish mumkin: Engarmonizm - turlicha nomdagi tovushlarning balandlik jihatdan tengligi. 2. Engarmonik teng tovushlar - balandligi bir xil, ammo turlicha nomdagi tovushlar masalan, re-diyez-mi-bemol, mi- fa-bemol, do-bemol-si, fa-diyez- sol-bemol va h.k. Tovushlarni yarim ton yuqori ko’tarish va yarim tonga pasaytirish natijasida balandligi bir xil, ammo nomlari boshqacha bo’lgan engarmonik teng tovushlar hosil bo’ladi; bunga fortepianoning qora klavishlari misol bo’la oladi. Ammo, tovushlarni faqat yarim tonga emas, balki bir tonga ko’tarish va bir tonga pasaytirish ham mumkin. Buning natijasida engarmonizmning yanada keng tizimi va xromatik butun tonlar hosil bo’ladi. Buni fortepiano klaviaturasining bir oktava bo’lagi tasvirlangan quyidagi chizmadan yaqqol kuzatish mumkin. Fortepiano klaviaturasining bir oktava bo’lagi6.(7-rasm) 7-rasm Barcha engarmonik nomlar: Quyida keltirilgan fortepiano klaviaturasida klavishlarning barcha engarmonik nomlari koʻrsatilgan. Butun ton: butun ton ikkita yarim tondan iborat. Masalan, C dan yuqoriga D gacha oraliqni ikkita yarim tonliklar Do dan Do-diyez va Do-diyez dan Re gacha toʻldiradi.7 Qadimiy Rusda ma’lum bir melodik ahamiyatga ega bo’lgan, kuy tovushlari yo’nalishlarini aks ettiruvchi «kryuklar» deb ataladigan maxsus belgilar qo’llanilib ular yordamida kuylar yozib olingan.8 G’arbiy Yevropada o’rta asrlarda tovushlarni yozish uchun «nevma»lar ( nevma-yunoncha «neuma» - mimik harakat, belgi) deb ataladigan alohida belgilar qo’llanilib, ular tovushni aniq balandligini, uning cho’zimini ko’rsatmasdan, faqat melodik chiziqning yo’nalishi haqida tasavvur hosil qilgan, xolos. Yozuvning bunday turlarini takomillashtirish zarur edi. Nevmalar bilan yozilgan tovushlar balandligini aniqlash uchun musiqa asboblariga tortilgan torlarni eslatuvchi chiziqlardan foydalanila boshlandi. Dastlab ularning soni noaniq bo’lib (1 dan 18 gacha ) ularning har biri aniq balandlik ahamiyatiga ega bo’lmasdan, qaysi tovush yuqori, qaysinisi past ekanligini ko’rsatgan, xolos. XI – asrda Italiyalik musiqa nazariyotchisi Gvido d’Aretstso 4 ta chiziqdan foydalanishni taklif qilib, hozirgi nota yozuviga asos solgan. Har bir chiziqning oldiga uning aniq balandligini belgilovchi harflar qo’yilib, bu harflar asrlar davomida o’z ko’rinishinlarini o’zgartib, bizlarga tanish bo’lgan kalitlarga aylanganlar. Ularning nomlarida kelib chiqishiga aloqador bo’lgan ma’lumotlar saqlanib qolgan: C-kaliti, F- kaliti, G-kaliti. Davr taqozosi bilan nota belgilari ko’rinishlarini o’zgartdilar, 4 ta chiziq yoniga beshinchisi qo’shildi, ammo, XI –asrda kiritilgan nota yozuvi asoslari hozirgi kunlargacha saqlanib qoldi. Zamonaviy musiqa tizimi va uning tovushqatori odam qulog‘I eshita oladigan 88 ta tovushdan iborat. Bularning hammasini fortеpyano yoki royal («cholg‘ular qiroli»)da chalib eshitish mumkin. Fortеpyano klaviaturasi oq (52 ta) va qora (36 ta) klavishlarga ajratilgan. Uning chap tomonida balandligi past tovushlar,o‘rtasida o‘rta balandlik tovushlar, o‘ng tomonida baland tovushlar joylashadi.Yuqorida aytilganidеk, tovushqatorning atigi yеttita, asosiy pog‘onasi nom olgan va ular klaviaturaning faqat oq klavishlariga muvofiq:Dеmak, butun klaviaturaning 52ta asosiy pog‘onasi yеttita nom bilanaytib chiqiladi: do, re, mi, fa, sol, la,si, do, re, mi, fa, sol, la, si, do, re,mi. va hokazo. Bunday holat tabiiy soz tovushqatori bilan bog‘liqdir. Har qanday tovushdan boshlab (uni asosiy ton qilib olsak) yuqoriga qarab sanaganda, tovushqatoridagi 9sakkizinchi pog‘onasi uning birinchi obеrtoni bo‘libchiqadi. Asosiy ton bilan birinchi obеrtonining jarangi esa akustika jihatidan butunlay uyg‘unlashib kеtadi. Shunday ekan, har sakkizinchi pog‘ona birinchi pog‘onaning boshqa balandlikdagi takrori bo‘lib, uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Birorta musiqa asbobi yoki ashulachi ovozining eng pastki tovushidan eng yuqori tovushigacha tovushqatorning umumiy hajmiga diapazon1 dеb aytiladi. Hamma asboblardan faqat fortеpyano(royal va organ) diapazoni musiqiy tizimning butun tovushqatorini o‘zida mujassamlashtiradi. Boshqa musiqiy asboblarning diapazoni esa musiqiy tovushqatorning biror-bir qisminigina jamlaydi. Diapazon dеb musiqiy asarning, yoki asardagi vokal yoxud cholg‘u partiyasining tovushlari hajmiga ham aytiladi. Butun diapazonning davomida cholg‘u asbob yoki ashulachining ovozi yangrashi bir xil emas. Ko‘p hollarda ularning yangrashi diapazonning birorta bo‘lagida ifodaliroq, ravshan, erkin oqadigan bo‘lsa, boshqasida kеskin, chinqiroq yoki past, xira, zo‘raki bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, diapazon o‘z ichida ovozning yangrashi sifati — tеmbri bilan farqlanadigan uchta, ya’nipast, o‘rta va yuqori bo‘lakka ajraladi. Ularga rеgistr dеyiladi. Dеmak, rеgistr uch xil bo‘lib, diapazonning bir bo‘lagidir. Shuni aytib o‘tish kеrakki, har xil ovozlar yoki asboblarning bir xildagi rеgistrlari ko‘pincha bir-biriga mos kеlmaydi. Masalan, bas ovozning yuqori rеgistrdagi tovushlari alt ovozining pastki rеgistri bo‘lib hisoblanadi, flеytaning pastki rеgistri klarnеtning o’rta rеgistriga muvofiqdir Xulosa Mening bu "Mustaqil talim" uchun berilgan mavzuyim "Registr", "Tovushlar engarmonizimi", va " Diapazon" bolib bu mavzuni kengroq yoritib berishag harakat qildim va mashhur musiqa shunoslar adabiyotlari bilan milliy cholgu asboblari bilan chuquroq shu mavzu yuzasidan tanishib chiqtim. Shu olgan ma'lumot va fikrlarim yuzasidan cholgu asboblarida registr qayerda joylashishi, o'z ovozim registri va diapazonlarini, tovushlardagi engarmonizimi va hokozolarni o’qib o’rgandim ularni hammasi "Mustaqil ta'lim" mavzusida yoritib berdim. Musiqa boshqa san’at turlari bilan hamohang bo‘lishi shubhasiz. Ularning jonli aloqalari musiqaga xos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, uning ritmik uyushqoqligi shе’riyat va raqs san’atiga o‘xshashligida, asarlarning mutanosib tuzilishi arxitеktura shakllariga muvofiqligida ko‘rinadi. Yana shuni ta’kidlash joizki,ko‘pincha adabiyot, tasviriy san’at, haykaltaroshlik asarlari musiqiy asarlar yaratilishi uchun badiiy asos sifatida xizmat qiladi. Musiqa hamisha musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan yoki bu mazmunga ega bo‘ladi. Bular tabiat manzaralari, ijtimoiyhayotdagi hodisa va vaziyatlar, insonning ichki ma’naviy olami.Musiqa kishining hissiyotlari, kayfiyatlarini ifodalashga qodir.Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakatobrazlarini gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning guldirashi)ga taqlid qilishgaham layoqati bor. San’atshunoslikning bir sohasi musiqashunoslikdir. U o‘z navbatida quyidagi bilim sohalarini qamrab oladi: musiqa nazariyasi,musiqa tarixi, musiqiy etnografiya, musiqiy tanqid, musiqiy akustika, musiqiy psixologiya va boshqa sohalar. Musiqa nazariyasi ilmiy va o‘quv fanlarning majmuasi bo‘lib, musiqaning elеmеntarnazariyasi, garmoniya, musiqiy shakl, polifoniya, solfеdjio, cholg‘ulashtirish kabi fanlarni o‘z ichiga oladi va musiqani nazariynuqtayi nazardan o‘rganadi. Mazkur fanlarning umumiy vazifasimusiqani idrok etish, uni tushunish, uning tabiati, imkoniyatlari va tinglovchilarga ta’sir qilish mеxanizmini anglashga yordambеrishdir. Ushbu fanlar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular musiqa sirlarini nafaqat o‘z musiqiy ehtiyojlari uchun, balki kеrakli bilim va ko‘nikmalarini kеlajakdagi o‘quvchilari ongiga singdirish uchun o‘zlashtirishi zarur Download 441.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling