Musiqa ta’lim yo’nalishi” 3- kurs 303- guruh talabasi Murodbekov G‘ayratjon Sayfiddin o‘g‘li


Download 1.79 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1519977
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ferens List fortepiano ijodining cholg’u musiqasidagi o’rni


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Musiqa madaniyati fakulteti
Musiqa ta’lim yo’nalishi” 3- kurs 303- guruh talabasi
Murodbekov G‘ayratjon Sayfiddin o‘g‘li
Musiqa tarixi fanidan
Mavzu: “Ferens List fortepiano ijodining cholg’u musiqasidagi o’rni”
KURS ISH
Qabul qilldi:_________________
_________________
Himoyaga tavsiya etilsin”
Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri
_______________Haqqulov T
_______”___________2023 yil


Jizzax-2023


Reja


KIRISH
1. Ferens List XIX asrning buyuk kompozitori, dirijyori va fortepiano ijrochisi.
2. Ferens List ijodiga xarakteristika
3. Ferens Listning fortepiano ijodiga xarakteristika
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli,musiqa bilan olingan dam maroqli bo’ladi. Kishilarning bayramlari, to’y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o’tadi.
Musiqa san’ati juda qadimda paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o’rganganlar, dastlabki cholg’u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobilyatlarga ega bo’lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san’atini boyitganlar.
Musiqa san’ati paydo bo’lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo’nalishda rivojlangan, degan fikr o’rinli. Birinchi yo’nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo’nalish - kompozitorlik ijodi.
Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo’shiqlar yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo’lmaganligi sababli og’izdan-og’izga o’tib bizgacha etib kelgan. Kim yaratganligi noma’lum bo’lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deyiladi. Ma’lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo’shiqlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir.
XIX asrning birinchi yarmida fortepiano ijrochiligi keng rivojlandi. Ko’plab mohir sozandalar etishib chiqdi. Lekin shuni aytish kerakki bu sohada ham salbiy hususiyatlar bor edi. Yuzaki mahoratli ijro katta o’rin egalladi. Yirik, jiddiy asarlar o’rniga sayoz, bemano, ammo mahoratli texnikani namoyish qiluvchi asarlar kontsertlar dasturidan joy oldi. Ferens List ana shu salbiy holatlarni qattiq tanqid qildi. U ongli ravishda bunday yuzaki mahoratli asarlarga o’zining chuqur manoli, jiddiy asarlari bilan javob berdi. Birgina «Yaltiroq» mahoratli variaciyalar o’rniga «Jiddiy variaciyalar» yozganining o’zi buni isbotlaydi.
Ferens Listning jozibali, dilrabo, yoqimli fortepiano asarlari XIX asar kompozitorlari ijodiga sezilarli tasir ko’rsatdi. Buni R.Shuman, E.Grig va ayniqsa P.I.Chaykovskiylarning fortepiano ijrosi uchun yozgan asarlarida ko’rish mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling