Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro
bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Musiqa to`garaklarini tashkil etish fani o`quv rejasidagi barcha umum kasbiy fanlar-psixologiya va pedagogika kursi, o`qituvchi nutq madaniyati, musiqa o`qitish metodikasi va musiqa kursi fanlari bilan o`zaro bog`liq va uslubiy jihatdan anhanaviy va xalq qo`shiqchiligi, dirijyorlik, xor va xorshunoslik fanlaridan keyin uzviy ketma-ketlikda o`tiladi.
Fanning ilm-fandagi o`rni
Mazkur yo`nalishda so`qitiladigan ixtisoslik fanlari ichida musiqa to`garaklarini tashkil etish fani bo`yicha talabalar musiqa to`garaklarini tashkil etish va faoliyat ko`rsatish bo`yicha uslubiy tavsiyalarni o`zlashtiradilar. Jumladan to`garak jarayonida mumtoz ashulachilik bo`yicha, xor jamoasi bilan ishlash uslubiyoti bo`yicha zaruriy tavsiyalar berilgan. Bu fanning axamiyati shundan iboratki musiqa tahlimida o`qitiladigan umumkasbiy fanlar dars jarayonida o`zlashtirishni nazarda tutsa, musiqa to`garaklarini tashkil etish fani darsdan tashqari o`tiladigan to`garak mashg`ulotlari va talabalarning mustaqil tahlim bo`yicha oladigan bilim, ko`nikma malakalarini shakllantirishda imkon beradi.
Musiqa to`garaklarini tashkil etish fani bo`yicha so`zlashtiriladigan bilimlar bo`lajak musiqa o`qituvchisini asosiy vazifasi – dars mashg`ulotlarini olib borish bilan birga to`garaklar ishini yo`lga qo`yish bo`yicha qimmatli tavsiyalar beradi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar
Kursni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalari, interaktiv usullar: «Blits» o`yin, «FSMU», «3x4», «Aqliy xujum», «Elpig`ich», «CHinni gul», «Kuchsiz zanjir» kabilardan foydalanish. Lingafon apparatlari, kompg’yuter texnikasi, magnit yozuvlari, plastinkalar, test savollari, tarqatma materiallar, so`zbek kuylaridan maqom mushkilotlari, maqom shso`hbalaridan tuzilgan kontsert dasturlaridan foydalanish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |